Andijon Davlat
Universiteti

GENETIKA VA BIOTEXNOLOGIYA KAFEDRASI

G‘ULOMOV G‘AFURJON SHAVKATBEK O‘G‘LI
Kafedra mudiri. Biologiya fanlari falsafa doktori, dotsent
Telefon:+998937872282
E-pochta: gafurjon.gulomov@mail.ru

Kafedra 2023 yilda “Genetika va biotexnologiya” kafedrasi nomi bilan “Zoologiya va biokimyo” hamda “Ekologiya va botanika” kafedralari negizida tashkil topdi. Kafedra “Biologiya” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi sanalib, negizida Genetika, Biotexnologiya, O‘simliklar fiziologiyasi, Biofizika ixtisosliklari bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD) hamda magistr mutaxassislari tayyorlanmoqda.

Hozirda kafedrada 20 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borib, shundan, 2 nafar professor, 1 nafar fan doktori, 6 nafar dotsent hamda 10 nafar katta o‘qituvchilar va o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Keyingi yillarda kafedra ilmiy salohiyatida o‘sish kuzatildi. G.A.Dusmatova, Ya.B.Tursunov, G‘.Sh.G‘ulomovlar biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega va dotsent unvoniga ega bo‘ldilar. Hozirda kafedra ilmiy salohiyati 43% ni, o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi 38 yoshni, ilmiy salohiyatga ega professor-o‘qituvchilarni o‘rtacha yoshi esa 46 yoshni tashkil etadi.

Kafedraning ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha 2023-2025 yillarda Genetika va biotexnologiya kafedrasining ilmiy salohiyatini oshirish istiqbolli rejasi mavjud. 2025 yilga 2 nafar tadqiqotchi-o’qituvchining falsafa doktorlik dissertatsiyasi himoya qilinishi rejalashtirilgan.

Kafedrada 2023 yildan buyon 03.00.12 – “Biotexnologiya” mutaxassisliklari bo‘yicha Oliy ta’limdan keyingi ta’lim – doktorantura faoliyat olib bormoqda.

2024-2025 o’quv yilidan 60710200 – Biotexnologiya ta’lim yonalishiga va 70710201 – Biotexnologiya mutaxassisligiga talabalar qabul qilindi.

Kafedra pedagoglari jadvali (ko'rish uchun bosing)

Kafedra bugungi kunda professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qancha darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma va monografiyalar chop etilgan bo‘lib, universitetning axborot resurs markazi va uning negizida tashkil etilgan kafedra kutubxonasi ilmiy-texnikaviy va uslubiy manbalarini boyitish uchun xizmat qilmoqda. Magistr va talabalarga qulaylik yaratish maqsadida “Kafedra kutubxonasi” va “Elektron kutubxonasi” tashkil qilingan bo‘lib, 100 dan ortiq ilmiy adabiyotlar va 300 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan boyitilgan.

Kafedrada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan fan nomzodlarining asosiy qismi genetika va biotexnologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislardir. Kafedra tasarrufida – 6 ta o‘quv laboratoriya, shundan, 2 tasi ilmiy tadqiqot laboratoriyalari mavjud. O‘quv laboratoriya jihozlari zamonaviy bo‘lib, 2015-2023 yillarda AQSH, Rossiya, Germaniya va Xitoy davlatlaridan keltirilgan. O‘quv-laboratoriya jihozlaridan: avtoklav, termostat, quritgich shkafi, spektrofotometr, distillyatorlar, laminar bokslar, mikrotsentrofuga, vakkum sentrofuga, gomogenizator, mikrotom, mikroskop, lupalar, preparoval asboblar bilan yanada boyitildi.

Genetika va biotexnologiya kafedrasida 2024-2025 o‘quv yilida jami 30 ga yaqin fan bo‘lib, biologiya yo‘nalishi kunduzgi va sirtqi ta’limda, ikkinchi mutaxassislik, botexnologiya yo‘nalishlarida hamda magistraturada tahsil olayotgan talabalarga dars beriladi.

Genetika va biotexnologiya kafedrasida iqtidorli talabalar bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida “Yosh genetik” hamda “Biotexnolog” to‘garagi faol ish olib bormoqda. 100 ga yaqin to‘garak a’zolariga kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi, jumladan, “Yosh genetik” to‘garagida “Introgressiv shakllarni poliploid turlar bilan duragaylash va ularning avlodlarida qimmatli xo‘jalik belgilarini irsiylanishi”, “Irsiy kasalliklar tahlili va ularning kelib chiqish sabablari (Andijon viloyat misolida)”, “G.hirsutum L. G‘o‘zada antotsian rangning hamda xlorofill miqdorining irsiylanishi va ularning aloqadorligi”, “G‘o‘zaning o‘rta, uzun tolali navlari duragaylarida morfo-xo‘jalik belgilarining irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va bog‘liqligi qonuniyatlarini o‘rganish”, “G‘o‘za navlarining genotiplarini boyitishda turli genomli turlardan foydalanish” mavzularida, “Biotexnolog” to‘garagida 1-bosqich talabalarini jalb qilgan holda “O‘simlikning ikkilamchi metabolitlarining bakteriyaga qarshi faolligini aniqlash”, “Ikkilamchi o‘simlik metabolitlarining ta’sirini o‘rganish” mavzularida biotexnologiya va keyingi darslarga tayyorgarlik bo‘yicha fikr-mulohazalar beriladi. Fermentlarni inhibirlash togrisida va boshqa bir qator mavzularda mashg‘ulotlar olib boriladi.

Biologiya ta’lim yo‘nalishida jami 843 nafar talabalar tahsil olishadi. Hozirda 2, 3 va 4-bosqich talabalari orasidan iqtidorli talabalar qatoriga 220 nafari kafedra professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan. Ular o‘zlarining maqola va tezislari bilan xorijiy va Respublika ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Kafedra bugungi kunda O‘zRFA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiya instituti, O‘zFA Mikrobiologiya ITI, O‘zRFA O‘simlik moddalar kimyosi ITI, Nizomiy nomli TDPIlari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, mazkur innovatsion hamkorlik bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari O‘zRFA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiya instituti, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zQXIIChM Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti, O‘zR FA qoshidagi Genomika va bioinformatika markazi, Andijon viloyati SEO va JSQ, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Andijon ilmiy tajriba stansiyasi, Qo‘rg‘ontepa tumani “Matlubaxon Jasurbek”, “Oqsuv ilmiy eksprimental” fermer xo‘jaliklari, Andijon tumani “Oltin yer sahovati”, Oltinko‘l tumani “Oltinko‘l jannat yog‘dusi”, Ulug‘nor tumani “Marjon yer”, “Ulug‘norda Gʻayratbek yerlari” fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligini rivojlantirish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishishgan, ular bilan hamkorlik va xo‘jalik shartnomalari tuzilgan.

Amaliy loyihalar bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Innovatsiya vazirligining saytiga “Siderat va oraliq ekinlarning yangi navlarini yaratish”, “Ayrim xorijiy mevali butalarning hosil berish davrini keskin uzaytirish va ulardan organik mahsulotlar yaratish” nomli loyiha muhokama uchun joylandi.

Xalqaro hamkorlik va xorijiy davlatlar bilan ilmiy aloqalar bo‘yicha kafedra professori D.S.To‘ychiyeva va dotsent F.M.Tuxtaboyevalar hozirgi zamonaviy tadqiqot usullarini o‘rganish va tajriba almashish bo‘yicha integratsiya jarayonlarini kuzatish maqsadida Turkiya davlatining Yildiz texnika universiteti va Rossiya federatsiyasining Rossiya xalqlar do’stligi universiteti qoshidagi Tibbiyot institutida malaka oshirib qaytdilar.

Universitetning zamonaviy uslubda qurilgan talabalar turar joylari va oshxonalari bakalavriat hamda magistratura talabalari ehtiyojini to‘liq qondira oladi.

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.