Xodimlar bo'limi
- Professor-o‘qituvchilar, o‘quv-yordamchi, ma’muriy va xizmat ko‘rsatuvchilar tarkibi bilan ishlash;
- Talabalar va yosh mutaxassislar bilan ishlash;
- Xodimlar bo‘limi universitet bo‘limlaridan shtat jadvali tartibiga rioya qilishni nazorat qiladi va bo‘limlar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etadi.
- Xodimlar bo‘limi o‘z ish malakalarini oshirish, mehnat qonunchiligi asosida ichki tartib qoidalarini bajarishlari lozim.
- Xodimlar bo‘limi boshlig‘i universitet rektori tomonidan ishga tayinlanadi va bo‘shatiladi;
- Xodimlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotli kadrlar ishida kamida 5 yil stajga ega bo‘lganlar ishga qabul qilinadi;
- Xodimlar bo‘limi boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, universitet Ustaviga, xodimlar bo‘limi Nizomiga hamda lavozimiy yo‘riqnomaga amal qilishi zarur;
- Xodimlar bo‘limi universitet nomlari yozilgan dumaloq muxrga ega.
- Professor-o‘qituvchi xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, lavozimini o‘zgartirish, konkursdan, attestatsiyadan o‘tish muddatlarini aniqlab, belgilashni nazorat etish;
- Professor-o‘qituvchi xodimlar va talabalar,ish, o‘qish intizomini universitet ichki tartib qoidalari va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini buzmasliklarini nazorat qilish, shu jumladan, ularni rag‘batlantirish, moddiy yordam ko‘rsatish, intizomiy jazo qo‘llash to‘g‘risida taklif kiritish;
- Universitet shtat jadvalini moliya-reja bo‘limi bilan birgalikda muvo-fiqlashtirish;
- Kadrlar masalasi bo‘yicha boshqa yuqori tashkilotlar bilan aloqa qilish;
- Bakalavriatura, magistratura va aspirantura bitiruvchilarini universitetda ishlashga jalb etish maqsadida muloqotda bo‘lish;
- Professor-o‘qituvchi, ishchi-xodimlar, talabalar shaxsiy ish jildini, T-2 kartochkalarini belgilangan tartibda olib borishni nazorat etish;
- Professor-o‘qituvchi, ishchi-xodimlarga shaxsiy guvohnomalar, ma’lumotnomalar berish, o‘z vaqtida guvohnoma muddatini uzaytirilishini nazoratga olish;
- Bitiruvchi talabalarga diplom blankalarni va ilovalarni o‘z vaqtida to‘g‘ri to‘ldirilishini nazorat etish;
- Mehnat daftarchasi yuritish va ularni hisobini to‘g‘ri olib borish;
- Xarbiy xizmatga majbur bo‘lganlar, chaqiruv yoshdagi o‘smirlarning hisobini olib borish;
- Nafaqa yoshiga yetgan professor-o‘qituvchi va xodimlarning taqdmnoma va xujjatlarini to‘g‘ri tayyorlash va turar joylari bo‘yicha pensiya tayyorlash ijtimoiy-ta’minot bo‘limlariga topshirilishini nazorat qilish;
- Universitetdagi barcha toifali o‘qituvchi va xodimlarning belgilangan shaklda statistik hisobini olib borish;
- Har oyda tuman aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoyalash bo‘limiga kvotali joylar xaqida va ishchilar tarkibi xaqida ma’lumot berish;
- Mehnat shartnomasini yozma ravishda 2 nusxada tuzishni nazorat qilish;
- Xorijga safarbarlik va mehnat ta’tili berish bo‘yicha buyruqlarni o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish.