Universiteti
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.06.2018 yildagi “Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim sifatini oshirish va ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarda faol ishtirokini ta`minlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3775-son qaroriga asosan”, Andijon davlat universiteti bakalavriatiga chet ellik abituriyentlar kvotadan tashqari, test sinovlarisiz suhbat asosida qabul qilinadi.
Andijon davlat universitetida o`qish shartnomasi fakultetda taqdim etilgan hujjatlar tekshirilgandan so`ng tuziladi va butun o`qish davri uchun amal qiladi. O`qishga qabul qilish to`g`risidagi buyruq shartnoma tuzilib, 1 yil davomida ta`lim olish uchun belgilanga 12 300 000 so`m miqdorini 50 foizini to`langanidan so`ng beriladi.
Chet el fuqarolariga vizalar va viza taklifnomalarini berish va turar joy uchun vaqtinchalik ro`yxatdan o`tkazish oliy ta`lim muassasasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi bilan o`zaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi va O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etiladi. Xorijiy fuqarolarga vizalar nomzod istiqomat qilayotgan mamlakatdagi O`zbekiston Respublikasining elchixonasi yoki konsulligi tomonidan berilishi mumkin.
Universitetning xalqaro hamkorlik bo`limi chet ellik talabalar, universitet mehmonlari va chet ellik o`qituvchilarga viza olish uchun taklifnomalar rasmiylashtirishda yordam beradi.
Andijon davlat universitetiga kirish uchun chet el fuqarolari quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
-
rektor nomiga yozilgan ariza;
-
pasport nusxasi;
-
agar mavjud bo`lsa, so`nggi viza va ro`yxatga olish hujjatining nusxasi;
-
ta`lim to`g`risidagi hujjatning asl nusxasi va uning rus tiliga tarjimasining tasdiqlangan varianti;
-
chet tilini bilish sertifikati, agar mavjud bo`lsa (IELTS, TOEFL)
-
3x4, 8 dona fotosuratlar;
Qo`shimcha ma`lumot uchun:
Tel: +998935335546 (o`zbek)
+998889988122 (ingliz)
+998906266210 (rus)
E-mail: ird@adu.uz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI