Andijon Davlat
Universiteti
YIRIK MATEMATIK OLIM, AKADEMIK N.SATIMOV XOTIRASIGA BAG’ISHLANGAN XALQARO KONFERENSIYA TASHKIL ETILDI
2019-10-20    3633

Joriy yilning 17-19-oktabr kunlari Andijon davlat universitetida O’zMU, O’zbekiston Matematiklari Jamiyati va O’zRFA Matematika Instituti hamkorligida andijonlik atoqli matematik O’zRFA akademigi, Beruniy nomidagi davlat mukofoti sohibi No’mon Yunusovich Satimovning 80 yillik xotirasiga bag’ishlangan va har 10 yilda bir o’tkaziladigan “Boshqaruv, optimizatsiya va dinamik sistemalar – 2019” xorijiy olimlar ishtirokida Respublika ilmiy konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Unda Malayziyadan 13 nafar, Rossiya Federatsiyasidan 4 nafar va Buyuk Britaniyadan 1 nafar sohaning yetuk olimlari bevosita ishtirok etdilar.

 

Bundan tashqari mahalliy OTMlar O’zMU, FarDU, NamDU, QDMI, TDPU, JizDU, SamDU kabi universitetlardan jami 50 dan ziyod olimlar bevosita ishtirok etdilar.

Konferensiyaning birinchi kuni ishtirokchilarning ro’yxatga olinib, konferensiyaning yalpi majlisi o’tkazildi. Unda rossiyalik va Buyuk Britaniyaning Laffboro universitetidan M.B.Ruziboevlar ilmiy ma’ruzalar qildilar. O’zbekistonlik ishtirokchilardan konferensiya raisi Akademik A.Azamov ilmiy ma’ruza qildi.

Kunning ikkinchi yarmida konferensiyaning ochilish marosimi o’tkazildi. Unda viloyat hokimining yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosari O’tkirbek Shukurov hamda universitet rektori, professor Akromjon Yuldashevlar ishtirok etdilar va nutq so’zladilar. Ochilish marosimida Malayziyalik mehmonlarga ham so’z berildi. Konferensiya uch tilda o’zbek, rus va ingliz tillarida o’tkazildi. Kechga yaqin konferensiya ishtirokchilariga Satimovlar oilasi tomonidan ehson oshi berildi.

Konferensiyaning ikkinchi kuni Fizika-matematika fakulteti binosida shoba yig’ilishlarida o’tkazildi. Jami beshta sho’ba tushlikka qadar ishladi. Shu kuni is’htirokchilar uchun shaharning diqqatga sayohat uyushtirildi.

Mehmonlar konferensiyaning tas’hkiliy jihatiga yuqori baho berdilar va mamnun bo’ldilar. Konferensiya materiallari chop etilib, ishtirokchilarga tezislar to’plami, turli sovg’alar ulashildi.

Konferensiya o’tkazishdagi amaliy yordamlari uchun universitetimiz rektorati hamda fakultetimiz dekanatiga chuqur minnatdorlik bildiraman. 

Xalqaro konferensiyada ishtirok etgan xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan olimlar

Xorijiy  ishtirokchilarning  ilmiy  unvoni  va  ismi,  familiyasi

Xorijiy  davlat  va  OTM  nomi

1

Doctor Fadzilax Mohd Ali

Malaziya, Putra unversitet

2

Doctor  Mohd Shafie Mustafa

Malaziya, Putra unversitet

3

Doctor Nazihah Md Ali

Malaziya, Putra unversitet

4

Doctor Fadzilah Mohd Ali

Malaziya, Putra unversitet

5

Doctor Aidil Mohammat Johari

Malaziya, Putra unversitet

6

Professor  Nik Mohd Asri Nik Long

Malaziya, Putra unversitet

7

Doctor Mat Hasim

Malaziya, Putra unversitet

8

Doctor  Sharifah Kartini Said Xusain

Malaziya, Putra unversitet

9

Professor  Habshax Midi

Malaziya, Putra unversitet

10

Doctor  Faridax Yunos

Malaziya, Putra unversitet

11

Professor  Suhana Japar

Malaziya, Putra unversitet

12

Professor Azami Zaharim

Malaziya, Putra unversitet

13

Professor Abdul Ghappor bin Xussin

Malaziya, Putra unversitet

14

Professor Э.С.Половинкин

Rossiya, Moskva Fizika-texnologiya instituti

15

Professor С.Э.Жуковсков

Rossiya, Moskva Fizika-texnologiya instituti

16

Professor Н.Ю.Черникова

Rossiya, Moskva Fizika-texnologiya instituti

17

Professor А.В.Арутюнов

Rossiya, Moskva Fizika-texnologiya instituti

18

Post doctor Ruziboev M.B

Buyuk Britaniya, Laffboro Unversiteti

Konferensiya materiallarini yuklab olish: In English, O'zbekcha                                                                  

T.T.Ibaydullayev
AndDU Matematika kafedrasi mudiri 
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.