Andijon Davlat
Universiteti
XORIJLIK HAMKORLAR BILAN FAOL INVESTITSIYALAR VA IJTIMOIY RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2019-10-12    5452

Joriy yilning 11-oktabr kuni universitetimizda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

Andijon davlat universiteti

Xalqaro konferensiya Iqtisodiyot kafedrasi tashabbusi bilan o’tkazilib, unda AQSHning Biola universitetidan (Kaliforniya) Jonatan Patch, Koreya milliy tadqiqot fondi professori Chol Yeon Won, AQSHning Ozbekistondagi elchixonasi vakili Alan Shnayder, AQSHning Texas texnologiyalar universiteti professori Raviprokash Govandrov Dani, Toshkent davlat iqtisodiyot univesiteti professori X.X.Abduraxmanov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Respublika oliy biznes va menejment maktabi "Moliya, buxgalteriya hisobi va baholash" kafedrasi mudiri, professori Sh.Shoxa’zamiy, TATU Farg’ona filiali dotsenti B.Abdullayev, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi o’quv markazi bo’lim boshlig’i, dotsent N.Rasulov kabi 20 dan ortiq xorijiy va mamlakatimizning yetuk professor va olimlari ishtirok etdilar.

Andijon davlat universiteti

Konferensiyada Mehnat iqitisodiyoti va sotsiologiyasi yo’nalishining iqtidorli, ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan talaba yoshlari ham ishtirok etib, ma’ruza va tadqiqot natijalari bilan tanishdilar, o’z bilimlarini boyitdilar.

Andijon davlat universiteti

Konferensiyaga tashrif buyurgan ishtirokchilar mamlakatimizni so’nggi yillarda 2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshrish, bu jarayonda iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni joriy etish, mamlakatimizni investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, erkin konverstatsiyani yo’lga qo’yish, iqtisodiyotda imtiyozlarni bekor qilish orqali, importni erkinlashtirish, davlat-xususiy sherikchiligi mexanizmini takomillashtirish, narxlarni erkin belgilash ushbu sharoitda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish jarayonlariga bag’ishlangan ma’ruzalar ham qiziqarli ham amaliy ahamiyatga ega bo’ldi.

Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universiteti

Ayniqsa, janob Jonatan Patch, professorlar R.Dani, X.X.Abduraxmanov, Sh.Shoa’zamiy hamda dotsent A.Qodirovlar tomonidan O’zbekiston moliya bozori uchun raqamli makroboshqariluvchi model, oliy ta'lim maktablarida investitsiyani joylashtirish tartibi, davlat-xususiy sherikchilik mexanizmidan foydalanishning xorij tajribasiga oid chiqishlar qizg’in muhokama va savol-javoblarga boy bo’ldi.

Andijon davlat universiteti

Kunning ikkinchi qismida konferensiya o’z ishini 5 ta seksiyaga bo’lingan holda olib bordi. Seksiyalarda iqtidorli talabalar va tadqiqotchilar ilmiy ishlari natijalari ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.

Andijon davlat universiteti

Ushbu konferensiya amaliy ahamiyatga ham ega bo’ldi. Xorijlik mutaxassislarning mamlakatimizda o’tkazilayotgan islohotlarga o’z bahosini berishi hamda bu borada kelajakda amalga oshirish lozim bo’lgan muhim ishlar bo’yicha o’z takliflarini bildirganliklari juda muhim bo’ldi.

Andijon davlat universiteti

Dostonbek Qodirov
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.