Andijon Davlat
Universiteti
BIZ BIR SAFDAMIZ
2017-12-09    8859

Xalqimizda ko‘p yaxshi urf-odat va insoniylik sifatlari mujassam. Aslida o‘zbekning o‘zligini ham aynan shulardan ko‘rishimiz mumkin.

Uning bolajonligi va saxiyligi tahsinga sazovor. Ko‘ngli o‘ksiklar holidan xabar olish, ularning yuziga tabassum hadya etish ota-bobolarimizdan qolgan qadimiy an’ana va meros sanaladi.

Aynan shularni inobatga olgan holda 3 dekabr – “Butunjahon nogironlar kuni” munosabati bilan Andijon davlat universiteti “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” Pedagogika fakulteti yetakchisi I.Boltaboev boshchiligidagi bir guruh faollar Andijon viloyati Izboskan tumanida istiqomat qiluvchi ko‘ngli o‘ksik bolajonlarning holidan xabar oldilar.

Xususan, biz ilk bor yo‘qlab kirgan xonadon farzandlaridan 1-sinf o‘quvchisi Asilbek Nazirjonov hamda Usmonova Nazokatxonlarning ko‘zlaridagi olam-olam bolalarcha samimiy quvonchini nafaqat so‘zlari, balki ko‘z yoshlari orqali ham ko‘rish mumkin.

– Biz farzandlarimizning nuqsoni sababli jamiyat hayotidan uzilib qoladi, katta bo‘lgani sari nega men ham tengdolshlarimdek bo‘lolmayman, degan so‘zlarni aytib, qiynalishidan qo‘rqib yurardim. Oddiy bolalar kabi maktabga bora olmasligidan dilim og‘rirdi. Unga bildirmasamda, zimdan qiynalardim. Ammo bir necha kundan buyon bir nechta tashkilotlar va hatto universitet talabalarining ham tashrifi qalbimga yorug‘lik chirog‘ini yoqdi. Bundan tashqari, bolajonimning ham kitob o‘qib, yozishni o‘rganayotganidan mamnunman, - deydi ularning onalari.

Fakultetimiz faollari bilan birgalikda ana shunday xonadon farzandlaridan yana 20 nafarining holidan ularning ehtiyoji uchun ishlatiladigan o‘quv qurollari, yumshoq o‘yinchoqlar bilan xabar olinib, ko‘nglini ko‘tarishga erishildi. Bunday savobli ishning boshini tutgan yoshlar mamlakatimizda yashayotgan har bir avlod kelajak uchun kerakli kadr ekanini anglatishda davom etishi, Vatanga sodiqlik sifatlari barchada birdek mujassam bo‘lishini ta’minlashdan aslo charchamaydilar. Zero, birinchi prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, savobli ishni har kim, har kuni va har kimga qilishi lozim. Sababi, farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo‘lishlari shart so‘zlari hayotiy shiorimizga aylanib ulgurgan.

Gulchexra ZOXIDOVA
O'zbekiston yoshlar ittifoqi pedagogika fakulteti matbuot yo'nalishi sardori
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.