Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAISI BILAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI
2019-03-30    10202

Ma’lumki, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari muhokamasi portaliga oliy attestatsiya jarayonini takomillashtirish bilan bog’liq hujjat loyihasi joylashtirildi. Ushbu qaror loyihasi yuzasidan jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarida keng muhokamaga uchramoqda. Ushbu qaror loyihasida ilmiy ishlarni bajarilishi tartiblari, tadqiqotlar natijalari rasmiylashtirilishi borasida qator muammolar mavjud. Ilmiy jamoatchilik uchun ochiq bo’lgan manbalardan bexabarlik OAK tomonidan tan olinishida muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Ayni shu masalalarga javob berish, ilmiy ishlarni natijalarini rasmiylashtirish jarayoni bo’yicha muammo va takliflarni o’rganish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmadbek Tadjiyevich Yusupov Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi va viloyatdagi oliy ta’lim muassasalaridagi ilmiy izlanuvchilar va tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot o’tkazdi.

Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev kirish so’zida bugungi kunda davlat idoralarining ochiqligi, ularning xalq bilan muloqotga kirishish jarayoni har qachongidan ham kuchayganini ta’kidlab, uchrashuv ishtirokchilarini fursatdan foydalanib, o’z muammolari, sohadagi o’zgarishlar yuzasidan savollari va takliflari bilan o’zaro muloqotda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Dastlab A.Yusupov ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari muhokamasi portaliga oliy attestatsiya jarayonini takomillashtirish bilan bog’liq hujjat loyihasi bilan tanishtirib, sohada kutilayotgan o’zgarishlar bo’yicha ma’lumotlar berildi. Unga ko’ra respublika oliy ta’lim muassasalarining reytingi bo‘yicha eng yaxshi 30 ta OTM kengashlariga va Fanlar akademiyasi tavsiya etgan ilmiy-tadqiqot muassasalari kengashlariga dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarini, professor ilmiy unvonini berish huquqini berish, attestatsiya jarayoniga dissertatsiyaning to‘liq matnini “Ziyonet” ta’lim portaliga joylashtirish va amaldagi ekspertiza bilan bir qatorda ilmiy jamoatchilik tomonidan dissertatsiyalar elektron ekspertizasini o‘tkazishni joriy qilish, chet tili bo‘yicha imtihonni faqat oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga kirishda topshirishni nazarga tutgan holda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga kirish imtihonlari va malakaviy imtihonlarni optimallashtirish, impakt-faktorga ega bo‘lgan xalqaro retsenziya qilinadigan jurnallarda maqolalar chop etish va talabgorlarda Xirsh indeksi mavjudligi talablarini kiritish orqali dissertatsiya tadqiqotlari ilmiy natijalarini nashr etishga qo‘yiladigan talablarni, birinchi navbatda, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya uchun bosqichma-bosqich oshirish, ilmiy darajalarda va ilmiy unvonlarda tasdiqlangan mutaxassislar faoliyatining natijadorligi monitoringini olib borishning yaxlit tizimini yaratish kabi ko’plab yangiliklar va aniqroq aytadigan bo’lsak yengilliklar berilishi nazarda tutilayotgani aytib o’tildi.

Shundan so’ng ilmiy izlanuvchilar va tadqiqotchilar sohada kutilayotgan yangiliklar va muammolar, ularni yechishga oid o’z takliflarini berib o’tdilar.

Ayniqsa, Andijon davlat universitetidan M.Umarxo’jayev, B.Rahmonov, Andijon tibbiyot institutidan G’.Hojimatov va boshqalarning sohaga oid savollari dolzarb masalalarga qaratilganligi bilan ajralib turdi.

Uchrashuv yakunida Yusupov Ahmadbek Tadjiyevich Andijon ilmiy jamoasi ahliga o’z minnatdorchiligini bildirib o’tdi.

Andijon davlat universiteti ma’muriyati Andijon viloyati ilmiy jamoatchiligi nomidan Yusupov Ahmadbek Tadjiyevichga yangiliklarga boy va mazmunli muloqot uchun o’z minnatdorchiligini bildiradi. 

Matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.