O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli hamda 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli qarorlari, shuningdek, mazkur qarorlar ijrosi doirasida qabul qilingan hukumat qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan joriy yilning 6-dekabr kuni Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabalari “Mehnat iqtisodiyoti” fanidan o‘quv mashg‘ulotlarida berilayotgan nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash hamda ishlab chiqarish va fanning o‘zaro integratsiyasini yanada mustahkamlash maqsadida Izboskan tumanidagi “DIGITAL PRIME TEXTILES” O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasida 1 kunlik o‘quv-tanishuv sayohatida bo‘lishdi.
O‘quv-tanishuv amaliyotida bo‘lgan talabalarni “DIGITAL PRIME TEXTILES” qo‘shma korxonasi Bosh direktori o‘rinbosarlari, ish boshqaruvchilar qo‘shma korxona faoliyati bilan tanishtirdilar.
“DIGITAL PRIME TEXTILES” o‘zbek-hind qo‘shma korxonasi 2017 yilda ish boshlagan. Qo‘shma korxona asosan mahalliy paxta xom-ashyosidan turli markalardagi ip mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
Tanishuv amaliyotida talabalar bilan Iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi Mirzohid Abdullaev ishtirok etib, qo‘shma korxona bo‘lim boshliqlari, ish yurituvchilari hamrohligida qo‘shma korxonadagi ish jarayonlari bilan tanishdilar. Talabalar qo‘shma korxonada ishchilarga yaratilgan sharoitlar, ish jarayoni qulayliklari, qo‘shma korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tayyorlanish jarayonida bevosita qatnashdilar.
Talabalar qo‘shma korxonaning yalpi mahsuloti hajmi, yillik foyda miqdori, ishchilar mehnatiga to‘lanayotgan haq, ularni tushlik va dam olish kunlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Talabalar bir kunlik tanishuv amaliyotida “Mehnat iqtisodiyoti” fanidan olgan nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI