Andijon Davlat
Universiteti
XURMONING FOYDALI HUSUSIYATLARI
2018-05-26    11130

O’zbekiston aholisining ko’pchilik qismini musulmonlar tashkil etadi. Musulmon ahlining muqaddas oylaridan biri Ramazon oyi kirib keldi. Shu munosabat bilan xalqimiz tomonidan Ramazon oyi tokin-sochinlik, fayz-barakali holda o’tkaziladi. Bugun bozorlarimizda hohlagan narsalarimizni sotib olishimiz mumkin. Ayniqsa ushbu oyda sevib iste’mol qilinadigan xurmo mevasini bozor rastalarida har doimgidan ham ko’proq uchratamiz.

Xurmo qanday meva, uning inson organizimiga qanday foydali hususiyatlari bor, nima uchun bu mevani aynan ro’za oyida ko’p iste’mol qilamiz? Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori Muxtorjon Ilyosov quyidagicha javob beradi. “Xurmo –bu taom, dori, shirinlik va sharbatdir. Odam organizmida qondagi qand miqdorining kamayishi natijasida ochlik hissi paydo bo‘​ladi, xurmo yegandan so‘​ng bu his yo‘​qoladi. Ro‘zadorlar xurmoni iftorlikdan oldin yesa, organizmda ochlik hissi bartaraf etiladi, ishtaha orom oladi va shuning natijasida birdan ko‘p ovqat yeb qo‘​yishning oldi olinadi. Boshqa mevalardan  farqli o‘​laroq, xurmoda 23 xil aminokislota mavjud. Masalan, triptofan aminokislotasi miyaning funksional va ruhiy holatini me’yorda ushlab turadi. Tinchlantiruvchi va biroz uyqu chaqiruvchi xususiyatga ega. Natijada miya hujayralari faoliyati tezlashadi, skleroz oldi olinadi. Glyutamin aminokislotasi oshqozon kislotasini (shirasini) kamaytiradi. Xurmo tarkibidagi glyukoza va fruktoza (26-55%) vitamin V5 bilan organizmda faol so‘​rilib, ochlik hissini yo‘qotadi, jismoniy quvvatni oshiradi. Miya va asab tizimi faoliyatini to‘​liq tiklaydi.

Boshqa mevalar kabi xurmo tarkibida xolesterin saqlanmaydi. Energetik quvvati yangi pishgan mevada 142-274 kalloriyaga teng. Xurmo o‘zida 77% gacha quruq moddalar saqlaydi va kam kalloriyali mahsulot hisoblanadi. Shuning uchun boshqa shirinliklar o‘​rniga qo‘​rqmay iste'mol qilish mumkin, semizlikka olib kelmaydi. Olimlarning fikricha, bir kunda 10 dona xurmo yesa, odam sutkalik magniy, mis, oltingugurt, temir, kalsiyning o‘rni qoplanadi. Soddaroq qilib aytganda, faqat xurmo va suv bilan inson bemalol bir necha yil yashashi mumkin.

Xurmoning xususiyatlari va organizmga ta’sirini o‘​rganish jarayonida quyidagi foydali xususiyatlari aniqlangan:

  • Xurmo tarkibida xavfli parazitlar, bakteriyalar, mikroblar saqlanmaydi;
  • Xurmo tarkibidagi moddalar odam organizmidagi kasallik chaqiruvchi zararli bakteriyalarni o‘​ldiradi;
  • Xurmo ayollarda bachadon qisqarishini yaxshilaydi va shu tufayli tug'ruqlar yengil kechadi;
  • Ishtahani me’yoriga keltiradi;
  • Mushaklar funksiyasini yaxshilaydi va tiklaydi;
  • Och qoringa iste'mol qilish organizmdagi parazitlarni o‘​ldiradi.”

Albatta, odam xurmo  iste’mol  qilmasdan  yashashi mumkin, lekin xurmo organizm uchun nihoyatda foydali mahsulot bo’lib, Xitoylik uzoq umr ko‘​radigan odamlar asosan xurmo bilan oziqlanishar, arablar xurmoni “saxro noni” deb e’zozlashar va xurmodan 100 xildan ortiq taom tayyorlashar ekan. O’zbekistonda ham bu meva sevib iste’mol qilinadi. Ko‘pchilik  diyetologlar xurmoni shirinlik  o‘rnida  tavsiya qilishadi. Undan tashqari, xurmo qadim  zamonlardan davo sifatida ham  qo’llanilgan.

Internet materiallari asosida tayyorlandi

Hayitxon ISMOILOVA
Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.