“Mode Hed” ERASMUS + loyihasi asosida “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomidagi Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti Hayot faoliyati xavsizligi kafedrasi tashabbusi bilan “Biz yoshlar sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.
Ko’rik tanlov ochilishi sog’lom turmush tarzini to’g’ri tashkil etish, reproduqtiv salomatlik haqida tushuncha talabalarni faol ishtirokini ta’minlash bilan birga namoyish etilgan sahna ko’rinishida talabalar zararli odatlar va ularni organizimga ta’siri haqidagi qisqa muddat ichida keng qamrovda yoritib berishga erishdilar.
Tanlovda 3-shart yuzasidan hamkor tashkilotlardan iborat ishchi guruh tomonidan yaratilgan savollarga talabalar muddatidan oldin tog’ri , aniq va qisqa ravon nutqda javob berishga erishdilar. Tanlov yakunida 1- o’rinni 187 ball bilan Tarix fakultetining “Yuksalish” jamoasi, 2-o’rinni 182 ball bilan Pedagogika fakultetining “Targ’ibotchi pedagog” jamoasi, 3-o’rinni 179 ball bilan Tabiiy fanalar fakultetning “Kelajak” jamoasi qo’lga kiritdilar.
Tanlov g’oliblari va ishtirokchilar Andijon davlat universiteti va O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan turli darajadagi diplom va estalik sovg’alari bilan, turli yo’nalishdagi eng faol jamoa a’zolari va ishtirokchilar esa hamkor tashkilotlarning rag’batlantiruvchi sovg’alar bilan taqdirlanishdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI