Andijon Davlat
Universiteti
O'SHLIK MUTAXASSISLAR TASHRIFI
2018-04-30    6488

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Andijon davlat universiteti pedagogika fakultetiga Qirg'iziston Respublikasi O'sh davlat universitetining boshlangʻich taʼlim mutaxasislari tashrif buyurdilar.
Hurmatli mehmonlar pedagogika fakulteti dekani Charosxon Shokirova boshchiligida munosib kutib olindi.
Tashrifdan ko'zlangan maqsad,
oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishi bo'yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni o'zaro stajirovkadan o'tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlarni yo'lga qo'yishdan iborat bo'ldi.
Mehmonlar asosan Boshlangʻich taʼlim yo'nalishida taxsil oladigan talabalar bilan suhbat o'tkazdilar, ma'ruza va amaliy dars jarayonlarini kuzatdilar.
Qardosh millat vakili Minobar Shayimkulova BTSTI ta’lim yo‘nalishi talabalariga ‘‘Boshlang‘ich sinflarda pedagogika o‘qitish metodikasi‘‘ mavzusida mahorat darslarini o'tdi.
Bundan tashqari, BMTM kafedrasining ish hujjatlari bilan tanishib chiqdilar. Ularda oliy taʼlim tizimida ham maʼnaviyat darslarining o'tilishi katta qiziqish uygʻotdi. Talabalarning vatanparvar ruhda, yetuk kadrlar bo'lib kamol topayotgani mehmonlarni to'lqinlantirdi.

Universitetimizda talabalar uchun yaratilgan barcha sharoitlarni maqtamay iloji yo'qligini, ayniqsa, pedagogika fakultetidagi qatʼiy tartib-intizomning mavjudligi va unga barchaning amal qilishlari, maskanning hovlisiyu, honalarning ozoda va obod ekanligini, dars sifatiga alohida urgʻu berilishini yuksak baholadilar.
Pedagogika fakulteti rahbariyati hamda BMTM kafedrasi kelajakda O'sh davlat universitetining pedagogika fakulteti mutaxassislari bilan ta'lim sohalarida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oladilar.
Tashrif so'ngida mehmonlarga esdalik uchun Andijonimizning tabiat manzarasi aks etgan rassom tomonidan chizilgan surat va tashakkurnoma taqdim etildi.
Mezbonlarda ham mehmonlar qalbida ham bu uchrashuv iliq hotiralar qoldirdi.

Diloromoy ISMANOVA
Pedagogika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.