Andijon Davlat
Universiteti
MUHAMMAD YUSUF MAKTABIDA
2018-04-30    7486

Muhammad Yusufning 64 yilligi munsabati bilan joylarda adabiy-badiy kechalar, tadbir va tanlovlar otkazilmqda . Ana shunday tadbirlardan biri Andijon shahrida yangi qad rostlagan "Muhammad Yusuf nomli maktab"da bo'lib o'tdi.
Tadbirni Andijon davlat universiteti pedagogika fakultetining iqtidorli,faol talabalaridan tashkil topgan jamoa otkazdilar. Ular Muhammad Yusufning hayoti va ijodiga doir sahna korinishlar, video lavhalar hamda shoir qalamiga mansub sher va qoshiqlarni ijro etishib, tomoshabinlar tahsiniga sazovar boldilar.
Adabiy-badiy kechada "Andijon yoshlari" gazetasining muharriri Ma'murjon Saidxonov, jurnalist Odiljon Karimov, Viloyat matbuot va axborot boshqarmasi boshligʻi Abdug'ulom Sultonov, ADU o'zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti Dildoraxon Abdullayeva, Pedagogika fakulteti 3- bosqich talabasi Diloromxon Ismanovalar o'zlarining Muhammad Yusuf ijodi va hayotiga doir maʼruza bilan ishtirok etdilar.
Tadbirga boshqa viloyatlardan ham vakillar tashrif buyurdilar. Hususan , Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomli maktab-internatining adabiyot oqituvchilari va iqtidorli o`quvchilari ham shoir ijodining muhlisi ekanliklarini namoyon qildilar.
Tadbir tashkilotchilari Surmaxon Ismoilova, Fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi Ilhomjon Boltaboyev, va pedagogika fakultetining talabalari fahriy yorliq bilan mukoftlandilar.
Tadbir soʻngida Muhammad Yusuf nomli maktabning iqtidorli o'quvchilari shoir sheʼrlarini ingliz va rus tillarida ravon va ifodali o'qib eshitirishdi.
Davr va yoshlar loyihasining rahbari M. Saidxonov tomonidan maktab muzeyiga fotoalbom va Muhammad Yusuf dastxati tushirilgan arxiv gazeta taqdim etildi.
Maktab o'quvchilarga kitoblar sovgʻa qilindi.

Diloromoy ISMANOVA
Pedagogika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.