Shu kunlarda Oliy ta’lim muassasalarida ko’plab islohotlar, turli amaliy-seminarlar bo’lib o’tmoqda. Shu kabi ishlarning davomi sifatida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida turdosh OTMlari bilan “OTMda o’quv tarbiya jarayonini tashkil etish: tahlil, mulohaza va takliflar” mavzusida 2018-yil 30-31-mart kunlari amaliy-seminar dasturi amalga oshirildi.
Dastur davomida yurtimizdagi barcha OTMlardan Kafedra mudirlari va boshqalar ishtirik etdilar. Shu jumladan, Andijon davlat universitetidan O’zbek adabiyoti kafedrasi mudiri dotsent Halim Karim, O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri professor Diloro Nabiyeva hamda Phd Zokirjon Mamajonovlar ishtirok etdilar. Uchrashuvni ToshDO’TAU rektori professor Shuhrat Sirojiddinov o’z nutqi bilan ochib berdilar. Bo’lib o’tgan anjuman davomida tuli mavzular, masalan, O’zbek tili va adabiyoti universitetining buguni va ertasi, OTMlarda o’quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etish:tahlil, mulohaza va takliflar ko’rib chiqildi. Shuningdek, turdosh OTMlardan tashrif buyurgan qatnashchilar so’zga chiqib ta’lim tizimida nimalarga e’tibor berish kerakligi, bugungi kun yutuq va kamchiliklari yuzasidan qator masalalar ko’rib chiqildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI