Andijon Davlat
Universiteti
USTOZLAR BILAN UCHRASHUV
2018-04-04    6261

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan OTM muassasalarida ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish,talaba yoshlarning bilim va intellektual salohiyati oshirish maqsadida turli master klasslar hamda professor o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba–yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga jalb etish kabi ustuvor vazifalarni ko’zlovchi ko’plab qaror va farmonlar ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda.

Shu kabi ishlarning amaliy isboti sifatida kuni kecha universitetimizga hozirgi o’zbek tili va adabiyotining zabardast vakillari buyuk olimlar Yormat Tojiyev va Omonullo Madayevlar tashrif buyurdilar. Ustozlarni Filologiya fakulteti dekani dotsent B.Rahmonov, O’zbek adabiyoti kafedrasi mudiri dotsent H.Karim, O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri professor D.Nabiyevalar kutib oldilar. Uchrashuv davomida ular talabalar uchun maxsus darslar tashkillashtirib, ularga kerakli ma’lumotlar berdilar va talabalarni qiziqtirayotgan savollarga javob berib, ularni bugungi kun tili va adabiyotining eng muhim masalalari va bilan tanishtirib o’tdilar. Amlaga oshirilgan darslar va ustozlar o’giti natijasida talabalarning ilmiy va ma’naviy bilimlari yanada oshdi.

Sohiba O’RINOVA
Universitet Yoshlar ittifoqi filologiya fakuklteti matbuot sardori
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.