Andijon Davlat
Universiteti
MAHORAT DARSI
2018-03-28    8934

Mahorat darsida O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hamkorligi masalasi yoritildi.

2018 yil 27 mart kuni universitet kichik majlislar zalida Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi  1-, 2-, 3- kurs talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazildi. Unda  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish instituti direktori, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Mirzatilla Alisherovich Tillaboev “Inson huquqlarining huquqiy kafolatlari” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruza tadbirida fakultet dekani O‘.Q.Ubaydullaev, universitet yuristkonsuli M.Sh.Sodiqova, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchilari G.Egamberdiev, D.Usmonova, fakultet dekani o‘rinbosari S.Ismoilovlar ishtirok etdilar.

Mahorat darsida talabalarga inson huquqlari to‘g‘risidagi g‘oyalarni paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi, xususan Sharqda inson huquqlari g‘oyalarini rivojlanishi, inson huquqlari va xalqaro huquqni rivojlanishi, inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlar va ularning ahamiyati, O‘zbekistonni inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hamkorligi va inson huquqlarini himoya qiluvchi milliy institutlarining faoliyati to‘g‘risida keng bilim berildi.

Talabalar inson huquqlarini paydo bo‘lishi va rivojlanishi, Sharq mutafakkirlarining inson huquqlariga oid ta’limotlari, XXI asr bo‘sag‘asida inson huquqlari to‘g‘risidagi g‘oyalarning ahamiyati, inson huquqlarini himoya qilishda BMTning o‘rni va roli, Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati, O‘zbekiston Respub-likasining inson huquqlarini ta’minlash borasidagi siyosati, insonning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar, fuqarolarning majburiyatlari, inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish mexanizmlari to‘g‘risida chuqur bilimga ega bo‘ldilar.

Ma’ruzada xorijiy mamlakatlarda tuzilgan milliy institutlar, ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlar, Shvetsiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya kabi mamlakatlar tajribalari. Xalqaro omubdsman instituti, Yevropa ombudsmani instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), uning huquqiy maqomi, vakolatlari, faoliyati atroflicha yoritib berildi.

O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hamkorligi bo‘yicha inson huquqlariga oid xalqaro andozalarni e’tirof etilishi, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning teng huquqli a’zosi sifatida, O‘zbekiston Respublikasining BMT bilan inson huquqlari sohasidagi hamkorligi, BMTning taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasidagi bitimlar va ularning bajarilishi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari Byurosi va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasidagi O‘zaro tushunish Memorandumi va uning loyihalarinining bajarilishi, O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan inson huquqlari sohasidagi hamkorligi, O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi qurash to‘g‘risida”gi Qonuning ahamiyati, O‘zbekiston va inson huquqlarining hozirgi zamon dolzarb muammolari: o‘lim jazosini bekor kilish, bioetika, xalqaro terrorizmga qarshi kurash, irqiy kamsitilishga oid ma’luiotlar aytib o‘tildi.

Mahorat darsidan so‘ng mavzuga doir savol javoblar o‘tkazildi. Unda talabalardan  Sotvoldiev Faxriddin, Alimov Muqumjon, Abdurasulov Xolmuxammad, Pozilov Izzatillo o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hamkorligiga oid videolavha namoyish qilindi.

Raxmatillo XAYDAROV
MG‘MAXT kafedrasi o‘qituvchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.