Andijon Davlat
Universiteti
NAVRO‘Z YANGILANISH FASLI
2018-03-27    9682

Universitet filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi Axborot-resurs markazi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavalludining 103-yilligiga hamda “Navro‘z” bayramiga atalgan tadbir ARM kichkina yig‘inlar zalida bo‘lib o‘tdi. Tadbirni ochib berish uchun so‘z Falsafa fanlar nomzodi, dotsent Yo. Toshpo‘latov berildi. Ustoz avallombor barchani navro‘z bayrami bilan tabriklab, navro‘z tarixi haqida ma’lumot berib o‘tdi. Tadbirni davom ettirish navbati filologiya fakulteti 303-gurux talabalari tomonidan go‘zal bahor tarannum etgan she’rlar va chiroyli shoiramiz ijodidan so‘zlab o‘tishdi. Undan so‘ng filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Xalim Karimga berildi. Ustoz avvalo shoira Zulfiyaning ijodi uning yozgan she’rlar mazmun-mohiyatini keng tushuntirib va baxor bayrami “Navro‘z”  qadimiy bayramlar sirasiga kirishi ota-bobolarimizdan qolgan urf-odatlar ekanligini va “Navro‘z” o‘ziga xosligi bilan kun va tunning tenglanishi haqida, xamma xonadon egalari jamoa joylarda sumalaklar qilinishi, tadbir va kechalar tashkil qilinib o‘tkazilayotganini to‘lqinlanib so‘zlab o‘tdi. Undan so‘ng filologiya fakulteti talabalar tomonidan shoira Zulfiya ijodidan she’rlar aytib o‘tishdi. Navbat Musiqiy ko‘rinishga berilddi. Talabalar tomonidan xam “Navro‘z” o‘zbegimizning milliy bayrami o‘zgacha shukux bilan kirib kelishi tabiatning uyg‘onishi xalqimizda saqlanib qolgan mexr-oqibat bayrami ekanligini yana bir bora so‘zlab o‘tishdi.

Navbat video rolikka  berildi. Unda shoiramiz hayoti va ijodi haqida qo‘rsatilib o‘tildi. So‘zni filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi L. Jalolovaga berildi. U xam Zulfiya ijodiga befarq emasligini uning she’rlarini tez tez mutolaa qilib turishini talabalarga ham shoira ijodini o‘rganib borishni tafsiya etdi va “Navro‘z haqida o‘z fikr-muloxazalarini keng tushuntirib o‘tdi.

Navbat saxna ko‘rinishiga berildi. Undan so‘ng filologiya fakulteti talabalari tomonidan milliy laparlar va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Tadbir so‘ngida Axborot-resurs markazida mavjud va yangi olib kelingan kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Qatnashuvchilarga tadbir juda yaxshi tassurot qoldirganligini va tayyorlangan ko‘rgazmalar insonga zavq bag‘ishlaydi va bahor nafasini olib kirdi.

Munojot NIZOMOVA
ARM yetakchi kutubxonochisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.