Andijon Davlat
Universiteti
MUQADDASSIZ O'ZBEK QIZI–AYOLI
2018-03-09    10692

Bahor fasli,4 fasldan iborat bo`lib qish va yoz fasllarining o`rtasida joylashgan fasldir.Bahor fasli uch oydan iborat: Shimoliy yarim sharda mart, aprel va maydan, Janubiy yarim shardan esa sentabr, oktabr va noyabrdan. Bahorda darxtlar g`uncha tugadi, kunlar asta sekin isiy boshlaydi. Bu faslda qish faslida yog`ib o`tgan qorlarning erishi va juda ko`p miqdorda yomg`ir, do`l kabi yog`inlarning yog`ishi suv omborlarini, ko`l va ko`lmaklarning to`lishiga sabab bo`ladi. Shunday ko`lmaklarning to`lishi-yu yomg`irlarning yog`ishi o`lkamizga fasllar kelinchagi bahor nafasini kirib kelganidan dalolat beradi. Barcha insonlar qalbini hursandchilik bilan to`ldiradi.

Bahor faslida barcha insonlar shodu-xurram bo`lib, tabiat go`zalligidan baxra olishadi.Bahor fasli insonlarni ezgu ishlar qilishlikka mexr-muhabbat ulashishlikga oshno qiladi.Hamma joylarda gullar hidi tutib ketadi dehqon bobolar ham bog` yaratishga kirishishadilar. Bahor fasli kamalakka o`xhsaydi go`yo chunki, kamalak 7 xil rangda mujassam bo`ladi. Bahor fasli ham turli hil ranglarda namoyish bo`ladi. Kamalak ham yomg`irdan so`ng paydo bo`ladi.

Bahor ham yomg`irdan so`ng o`z chiroyini yanada ochadi. Kamalak ranglari shu darajada jilovkorki har qanday insonni o`ziga maftun eta oladi. Bahor fasli fasllarning boshlanishi hisoblanadi va bahor fasli o`zgacha ko`tarinki ruh  bilan kirib keladi, 8-mart “Xalqaro xotin qizlar” kuni bayrami Andijon davlat  universiteti Pedagogika fakulteti “O`zbekiston yoshlar ittifoqi” yetakchisi I.Boltaboyev, hamda fakultetning BTSTI ta`lim yo`nalishi 101-guruh talabalari bilan birgalikda Fakultet Professor ayol o`qituvchilari va talaba qizlari uchun bayramona tadbir dasturi namoyish etildi. Ushbu dastur doirasida fakultetning  “San`at gulshani” raqs to`garagi a`zolari bir biridan ajoyib va betakror raqslari bilan xirom ayladi. Pedagogika fakulteti Musiqiy ta`lim yo`nalishi  3- bosqich talabalari: Madaminxo`jayev Usmonxo`ja, Saidov Boburlar tomonidan kuylangan musiqa taronalari barchani ko`nglini hushnud etib, davraga tortdi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan tayorlangan “Ayollarga  e`tirof” sh`erlari-yu tabriklari olqishlarga sazovor bo`ldi.

Siz ayolsiz,shirin so`zli,muloyim

Latofatni bergan sizga Xudoyim

Yuzingizdan oy ham boqib uyalar.

Zuhro yulduz havas bilan mo`ralar.

 

Muhabbatda sadoqatli hayoli,

Muqaddassiz o`zbek qizi-ayoli.

Siz ayolsiz Momo-Xavo naslidan,

Ochilasiz kelsa bahor faslida.

 

Ishq bog`ida yigitlarni hayoli.

Muqaddassiz o`zbek qizi-ayoli

Sizga ochiq jannatning ham eshigi.

Qo`lingizda baxtli hayot beshigi.

 

Allam aytib mexr ila boqasiz

Murg`ak qalbga oq sut bo`lib oqasiz

Dardga malham bo`lgan mexri giyoli

Muqaddassiz o`zbek qizi-ayoli.

Gulichexra ZOXIDOVA
Pedagogika fakulteti talabasi, universitet “O'zbekiston yoshlar ittifoqi" matbuot yo'nalishi sardori
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.