Joriy yilning 19-fevral kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida universitetimizning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Rustamjon Mullajonov boshchiligida fakultet matbuot kotiblari va fakultet yoshlar yetakchilari bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Ushbu uchrashuvda Andijon davlat universiteti rektorining axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi, matbuot kotibi Irgashbek Djumabayev, universitet Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Omadbek Olimjonov, fakultet matbuot kotiblari hamda fakultet yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Dastlab soʻz olgan Rustamjon Mullajonov fakultet yetakchilari hamda matbuot kotiblariga yanada faol bo‘lishlari, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshirishlari to‘g‘risida tavsiyalar berib o‘tdi.
Suhbat so‘ngida I.Djumabayev hamda O.Olimjonovlar yoshlar kengashining faol a'zolarini qo‘llab-quvvatlash uchun chora-tadbirlar amalga oshirilishini aytib o’tdi. Suhbat ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga masʼullar tomonidan batafsil javob oldilar va kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar rejasini belgilab oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI