Andijon davlat universiteti katta majlislar zalida “O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov – O‘zbekistonning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyoti asoschisi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizning buyuk siyosiy va davlat arbobi I.Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan ushbu tadbir milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi tomonidan yuqori savayada o’tkazildi.
Unda Rossiya Federatsiyasi hamda Respublikamizning nufuzli oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, magistr va talabalalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Anjumanni universitet rektori, professor A.S.Yuldashev kirish so’zi bilan ochib berdi.
Konferensiyada I.M.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universitetining Toshkent filiali o‘qituvchisi, professor Gulnora Mansurova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ilmiy-ekspertiza bo’limi bosh mutaxassisi Munira Qahhorova “Islom Karimov va O’zbekistonning tinchlikparvar siyosati”, Toshkent davlat yuridik universiteti “Umumta’lim fanlar” kafedrasining katta o‘qituvchisi, dotsent Rahmon Qo‘chqarov “Qaddi va qadri rostlangan xalq”, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyat bo‘limi rahbari Abbosbek Isroilov “I.Karimov – O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoschisi”, ADU professori Rustambek Shamsutdinov “Islom Karimovning vatanimiz tarixiga yangicha qarashlariga doir”, MG’MAHT kafedrasi mudiri, dotsent Talantbek Madumarov “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarida yoshlar masalasining yoritilishi” mavzularidagi ma’ruzalari bilan qatnashdi.
So’zga chiqqanlar Birinchi Prezidentimizning ulug’ siymosi, uning siyosiy faoliyati, jamiyat va xalq farovonligi, jumladan yosh avlod tarbiyasi yo’lida amalga oshirgan buyuk bunyodkorlik ishlari, yoizgan asarlari haqida o’zlarining fikr va mulohazalarini bildirdilar.
- Ilmiy-amaliy anjumanning ahamiyatli jihati shundaki, deydi – MG’MAHT kafedrasi mudiri T.Madumarov, - unda horijiy davlatdagi hamkasblarimiz ham ishtirok etdilar. Bu esa ilmiy sohalar bo’yicha xalqaro aloqalarning ko’ngildagidek olib borilayotgani, chet el mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalari mustahkam ekanligini bildiradi.
Mazkur xaqlaro anjumanda berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.
Muhokamalar, qizg’in bahs-munozaralarga bo’y bo’lgan tadbir qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi hamda talaba-yoshlar dunyoqarashi va bilimini oshirishga xizmat qildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI