Universitet milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishining bir guruh iqtidorli talabalari targ’ibotga chiqdilar. Ular o’quvchilarning huquqiy savodxonligini yuksaltirsh maqsadida Andijon tumanidagi 18-umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.
Yo’nalish talabalaridan Isroilov Davronbek, Sharifjonov Mirfozil, HOmidov Mansurbek, Turg’unov Javohir va Rayimjonov Botirjonlar huquq tushunchasi, uning mazmun mohiyati, inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida to’xtaldilar. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinish tarixi, uning tuzilishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi bugungi kundagi islohotlarning huquqiy jihatlari xususida ham fikr bildirdilar.
Tadbir mobaynida maktab o’quvchilari o’rtasida “Huquq bilimdonlari” ko’rik-tanlovi o’tkazildi. Unda 8-sinflarning “Adolat”, 9-sinflarning “Yosh huquqshunoslar” va 10-sinflarning “Yustitsiya” jamoalari tanishtiruv, savol-javob, devoriy gazetalar sharhi hamda sahna ko’rinishi shartlari bo’yicha bellashdilar. Natijalarni universitetdan kelgan mehmonlar baholab bordilar. Hisob-kitoblarga binoan “Yosh huquqshunoslar” jamoasi tanlov g’olibi bo’ldi.
Tadbir so’ngida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan saovollariga atroflicha javob oldilar.
Ushbu uchrashuv talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkoniyatini bergan bo’lsa, o’quvchilarning huquqiy ongini boyitish uchun xizmat qildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI