Andijon Davlat
Universiteti
ONA TILIMIZGA BAG’ISHLANGAN TANLOVLAR DAVOM ETMOQDA
2020-10-22    1575

Andijon davlat universitetida 21-oktabr - "O‘zbek tili bayrami" kuni munosabati bilan onlayn tanlov va seminar tashkil etildi.

Tanlov eng yaxshi videorolik, eng yaxshi audio insho, o’zbek tilini madh etuvchi eng yaxshi ifodali she'r o’qish yo’nalishlarida tashkil etildi.

Tanlovning ikki yo’nalishi bo’yicha shartlar onlayn tashkil etilib, baholandi. Uchinchi yo’nalish esa universitetda karantin qoidalari asosida tashkil etildi. Tanlovda talabalarning ifodali she’r o’qishlariga baho berish uchun yetuk mutaxassislar: Tilshunoslik kafedrasi mudiri Tojiyev Olimjon, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Begali Mo’minovlar, dotsent Usmonjon Rahimovlar jalb etildi.

Hakamlar hay’ati talabalarni eshitib, g’oliblikka munosib talabalarni saralab oldilar. Yo’nalishlar bo'yicha 1-o‘rin uchun 1 000 000 so‘m, 2-o‘rin uchun 800 000 so‘m, 3-o‘rin uchun 700 000 so‘m bilan taqdirlandilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.