0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Rektorat




YULDASHEV AKRAMJON SULTANMURADOVICH
Rektor. Biologiya fanlari doktori, professor.
Telefon: 0(374)2238373
Faks: 0(374)2238830
E-pochta: anddu_rektor@edu.uz
Qabul kunlari: Har kuni 800 dan  1100 gacha
 
Biografiya:
  • 1983 yilda Samarqand davlat universitetini tamomladi
  • 1983-1997 yillarda Samarqand davlat universiteti botanika kafedrasi katta laboranti, kichik ilmiy xodimi, assistenti
  • 1997-2000 yillarda O‘zbekiston Respublika Fanlar akademiyasi botanika instituti va botanika bog‘i doktoranti
  • 2000-2003 yillarda Samarqand davlat universiteti botanika kafedrasi dotsenti
  • 2003-2006 yillarda O‘zbekiston Respublika Fanlar akademiyasi botanika ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
  • 2006-2011 yillarda O‘zbekiston Respublika Fanlar akademiyasi botanika ilmiy-ishlab chiqarish markazi laboratoriya mudiri
  • 2011 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi
  • 2011-2012 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi mudiri
  • 2012-2015 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti botanika o‘simliklar fiziologiyasi va ekologiya kafedrasi mudiri
  • 2015 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti biologiya-tuproqshunoslik fakulteti dekani
  • 2015 yildan Andijon davlat universiteti rektori

Universitet rektorining lavozim vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
  • Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;
  • Andijon davlat universiteti tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy ta’lim muassasasining boshqaruvlavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;
  • Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
  • Andijon davlat universiteti daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
  • Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
  • O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik etish, xodimlar va talabalarda milliy g‘oyani shakllantirish;
  • Talabalikka, magistratura va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi- izlanuvchilar institutiga qabul qilish, o‘qishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini ta’minlash;
  • Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;
  • Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
  • Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;
  • Ta’lim muassasasida mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo‘naltirib borish;
  • Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o‘rganishni, bitiruvchilarni amalda ish joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;
  • Andijon davlat universitetining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, oliy ta’lim muassasasi Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, oliy ta’lim muassasasining tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, tugatish, o‘zgartirish;
  • Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
  • Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
  • Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash.
MAMATYUSUPOV AZAMATJON SHODMONOVICH
O`quv ishlar bo`yicha prorektor. Biologiya fanlari nomzodi.
Telefon: 0(374)2238828
Faks: 0(374)2238830
E-pochta: anddu_uquv@edu.uz
Qabul kunlari: Seshanba, Juma kunlari 1500 dan 1800 gacha 

Biografiya:

  • 1990-1991 yillarda Andijon viloyati, Izboskan tumani Lo‘g‘umbek o‘rmon xo‘jaligi ishchisi
  • 1991 yilda Andijon viloyati, Izboskan tumani 21-maktab o‘t yoquvchisi
  • 1992-1993 yillarda Andijon viloyati, Izboskan tumani paxta tozalash zavodi ishchisi
  • 1995-1997 yillarda Andijon davlat universiteti biologiya fakulteti talabalar qo‘mitasi raisi
  • 1997-1999 yillarda “Kamolot” jamg‘armasi Andijon davlat universiteti jamoatchilik markazi rais o‘rinbosari
  • 1999-2000 yillarda “Kamolot” jamg‘armasi Andijon davlat universiteti jamoatchilik markazi raisi
  • 2000-2001 yilllarda Andijon davlat universiteti botanika va ekologiya kafedrasi assistenti
  • 2001-2004 yillarda Farg‘ona davlat universiteti aspiranti
  • 2004-2005 yillarda Andijon davlat universiteti biologiya fakulteti dekan o‘rinbosari
  • 2005-2009 yillarda Andijon davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
  • 2009-2011 yillarda Andijon davlat universiteti magistratura bo‘limi boshlig‘i
  • 2011-2012 yillarda Andijon davlat universiteti ekologiya va botanika kafedrasi mudiri
  • 2012-2015 yillarda Andijon davlat universiteti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori, rektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi
  • 2015 yildan Andijon davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
RASULOV BAHTIYOR MAHMUDJONOVICH
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor. Tarix fanlari doktori.
Telefon: 0(374)2238862
Faks: 0(374)2238363
E-pochta: anddu_ilmiy@edu.uz
Qabul kunlari: Chorshanba kuni 1500 dan 1800 gacha 

Biografiya:

  • 1988-1989 yillarda A.P.Xlebushkina nomli 22-bolalar uyi bolalar bosh yetakchisi
  • 1990-1992 yillarda Andijon viloyat o‘lkashunoslik muzeyi ilmiy xodim, katta ilmiy xodim
  • 1992 yilda Andijon davlat pedagogika instituti o‘zbekiston tarixi kafedrasi katta laboranti
  • 1992-1996 yillarda Andijon davlat universiteti o‘zbekiston tarixi kafedrasi aspirant
  • 1996 yilda Andijon davlat universiteti o‘zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘kituvchisi
  • 1996-1997 yillarda Andijon davlat universiteti tarix fakulteti dekan o‘rinbosari
  • 1997-1999 yillarda Andijon davlat universiteti huquqshunoslik kafedrasi mudiri
  • 1999-2005 yillarda Andijon davlat universiteti xuquq-iqtisod fakulteti dekani
  • 2005-2006 yillarda Andijon davlat universiteti milliy istiqlol g‘oyasi huquq va ma’naviyat asoslari kafedrasi mudiri
  • 2006-2009 yillarda Andijon davlat universiteti doktoranti
  • 2009-2010 yillarda Andijon davlat universiteti milliy istiqlol g‘oyasi: huquq va ma’naviyat asoslari kafedrasi dotsenti, kafedra mudiri
  • 2010-2011 yillarda Andijon davlat universiteti ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i
  • 2011-2015 yilllarda Andijon davlat universiteti tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti dekani
  • 2015 yildan Andijon davlat universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor

HAMRAQULOV A'ZAMJON SHERMUHAMMADOVICH

Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor. Filologiya fanlari nomzodi
Telefon: 0 (374) 225 19 56
Faks: 0(374)2251956

E-pochta: anddu_manaviyat@edu.uz

Qabul kunlari: Dushanba, Payshanba kunlari 1500 dan 1800 gacha
 

Biografiya:

  • 2002-2003 yillarda Andijon davlat universiteti koshidagi 3-litsey  o‘qituvchisi
  • 2003-2005 yillarda Andijon davlat universiteti magistranti
  • 2005-2006 yillarda Andijon davlat universiteti filologiya fakulteti sirtqi bo‘lim metodisti
  • 2006-2009 yillarda Andijon davlat universiteti o‘zbek adabiyoti kafedrasi aspiranti
  • 2009-2011 yillarda Andijon davlat universiteti kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi kabinet mudiri
  • 2011-2012 yillarda Andijon davlat universiteti o‘zbek adabiyoti kafedrasi assistenti
  • 2012-2013 yillarda Andijon davlat universiteti o‘zbek adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • 2013-2015 yillarda Andijon davlat universiteti o‘zbek adabiyoti kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchisi
  • 2015-2016 yillarda Andijon davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri
  • 2016 yildan Andijon davlat universiteti ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor

 

DUMAYEV SUVONXON NASIRDINOVICH
Moliya va iqtisod ishlari bo`yicha prorektor
Telefon: 0(374)2255498
Faks: 0 (374)2250800
E-pochta: anddu_moliya@edu.uz
Qabul kunlari: Shanba kuni 1500 dan 1800 gacha
 

Biografiya:

  • 1975-1976 yilllarda Andijon dorrestoran muzqaymoq sexi ishchisi
  • 1977-1980 yillarda Andijon dorrestoran qandolat sexi  xamir qoruvchisi
  • 1980-1984 yillarda Andijon dorrestoran qandolat sexi  qandolatchisi
  • 1984-1995 yillarda Andijon Umumiy ovqatlanish tresti qandolat sexi boshlig‘i, qandolatchisi
  • 1995-1996 yillarda Andijon Suvonxon xususiy kichik korxonasi direktori
  • 1996-1999 yillarda Andijon davlat universiteti qoshidagi umumiy ovqatlanish bo‘limi boshlig‘i
  • 1999 yildan Andijon davlat universiteti moliya va iqtisod  ishlari bo‘yicha prorektori

Universitet prorektorlarining lavozim vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va ma’naviy- tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, o‘quv - tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha OTMsi Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
  • O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • O‘quv jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • Bo‘limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • O‘tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
  • O‘quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, OTMsi uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
  • O‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini OTM xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda OTMning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi- izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
  • Professor-o‘qituvchilar va o‘quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
  • Bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi- izlanuvchi-izlanuvchilar va magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
  • O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarnitexnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
  • Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Kafedralar, fakultet va bo‘limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
  • Oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor- o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
  • O‘rnatilgan tartibda oliy ta’lim muassasasining yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
  • Andijon davlat universitetini o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish.
 
Izoh: Universitetga murojaat bilan kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish belgilangan tartibda ma`muriy binoda tashkil etilgan "Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish xonasi"da rahbariyat tomonidan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi.
Ushbu jadvalda belgilangan mas`ul hodimlar ishda bo`lmaganda (ta`til, xizmat safari, kasalligi va h.k.) vaqtda qabul ularninig muovinlari, shuningdek bo`limlari tomonidan rektor bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!