0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

San'atshunoslik fakulteti




 
SHOKIROVA CHAROSXON TURG'UNOVNA
Pedagogika fakulteti dekani.
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: 0(374)2234052
E-pochta: pedagogika_anddu@edu.uz
Qabul kunlari: Har kuni

Fakultet dekani biografiyasi:

  • 1965 yil 18 avgustda Andijon viloyati, Izboskan  tumani Qumariq qishlog‘ida ishchi oilada tug‘ilgan
  • 1971-1980 yillarda Izboskan tumani XTBga qarashli 39-o‘rta maktabda o‘qigan
  • 1980-1984 yillarda Andijon pedagogika bilim yurtini tamomlagan
  • 1984-1989yilar Toshkent davlat pedagogika instituti badiiy grafika fakulteti talabaligiga qabul qilinib, ushbu fakultetni chizmachilik, tasviriy san’at, mehnat fani o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
  • 1989 yili Toshkent  politexnika institutining Namangan filialida chizma geometriya kafedrasida assistent-o‘qituvchi vazifasida mehnat faoliyatini boshlagan.
  • 1995-1997 yillarda Andijon elektromexanika texnikumi muhandis-pedagogi
  • 1997-2001-yillarda Andijon viloyati pedagog hodimlarining malakasini oshirish instituti rasm-chizmachilik bo‘limi uslubchi-o‘qituvchisi
  • 2001-2002 yillarda Andijon davlat universiteti chizmachilik va amaliy san’at kafedrasi assistenti
  • 2002-2007 yillarda Andijon davlat universiteti kasb ta’limi fakulteti ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
  • 2007-2010 Andijon davlat universiteti chizmachilik va tasviriy san’at kafedrasi mudiri
  • 2010-2011 yillarda Andijon davlat universiteti San’at fakulteti dekani
  • 2011-2013 yillarda ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan
  • 2013-2019 yillarda Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti dekani
  • 2019 yil sentabr oyidan Andijon davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda
NURIDDINOV QAMARDIN PATIDDINOVICH Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Telefon: 0(374)2234052 E-pochta: pedagogika_anddu@edu.uz
 
SATTAROV MUZAFFAR TOLIPOVICH O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari Telefon: 0(374)2234052 E-pochta: pedagogika_anddu@edu.uz
 
San'atshunoslik fakulteti Andijon davlat universiteti rektorining 2019 yil 3 sentabrdagi 01-44-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Fakultet dekani vazifasiga p.f.n., dotsent Ch.T.Shakirova tayinlangan. Fakultet tarkibida Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, Musiqa ta’limi kafedralari mavjud.
            
O‘QUV JARAYONI

Fakultetda bugungi kunda 5110800 - “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”, 5111100 – “Musiqa ta’limi”, 5150600 – Vokal san’ati (turlari bo‘yicha), 5150700 - Cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha), 5150800 – Rangtasvir (turlari bo‘yicha), 5151200 – Amaliy san’at (turlari bo‘yicha)  ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda. 

TO‘GARAKLAR FAOLIYATI
  

                        
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR
  
Fakultetda __ ta akademik guruhlarda ___ nafar talaba tahsil olmoqda. Barcha guruhlarda muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli kechalar, tanlovlar o‘tkaziladi. Fakultet jamoasi universitet, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, fakultet iqtidorli talabalaridan tashkil etilgan “Dutorchi qizlar” ansambli, “Yoshlar” teatri ko‘plab tanlovlarda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritmoqda.
 

FAKULTET KAFEDRALARI

TASVIRIY SAN`AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI KAFEDRASI

HAQBERDIYEV BAXTIYOR RUSTAMOVICH 
Kafedra mudiri 
Telefon: 0(390) 109 09 70 
E-pochta: bahtiyor.haqberdiyev@mail.ru
 
Andijon Davlat universiteti  pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida 1998 yili sentyabr oyida “Maxsus fanlar o’qitish uslubiyoti” kafedrasi bo’lib tashkil etilgan. Kafedra mudiri fizika fanlari nomzodi, dotsent E.Dadaxujaev bo’lgan. 
2007 yilgacha kafedraga katta o’qituvchi B.Quchqarov mudirlik qildi. 2007 yildan 2010 yilgacha kafedraga katta uqituvchi Ch.Shakirova raxbarlik qildi. Kafedra o’qituvchilarining barchasi uchun umumiy bo’lgan «Tasviriy  sanat, chizmachilik va mexnat mashg’ulotlarining oliy va o’rta maktablarda o’qitilishini takomillashtirish masalalari» mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlarini belgilangan reja asosida olib bormoqdalar. 
2008-2009 o’quv yilida “Kasb-ta’limi fakulteti” nomi o’zgartirilib, “Tasviriy san’at va musiqa”, 2010-2011 o’quv yiliga kelib esa “San’at” fakulteti nomini oldi. 
2010-2011 o’quv yilida kafedra mudiri p.f.n. Ch.Shakirova fakultet dekani etib tayinlanib, o’rniga p.f.n. B.Qo’chqorov kafedra mudiri etib tayinlandi. 
2011-2012 o’quv yilidan “San’at” va “Pedagogika” fakultetilari birlashib, kafedra Pedagogika fakultetiga o’tkazildi. 2019-yilda  Xozirda kafedra shu fakultet ixtiyorida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
 

MUSIQA TA`LIMI KAFEDRASI
AXMEDOV SHARIFJON MAMIRJONOVICH 
Kafedra mudiri
Telefon: 0(374)2234052
E-pochta: musiqa_anddu@edu.uz
 
Musiqa kafedrasi 1991 yili tashkil etilgan. Xozirgi kunda kafedraga Mirabdulla Nasriddinov raxbarlik qiladi. Kafedramizda olti nafar katta o‘qituvchi, o‘n ikki nafar o‘qituvchi va to‘rt nafar jo‘rnavoz faoliyat ko‘rsatadi.
Kafedrada O‘zbekiston xalq artisti, ustoz san’atkor G‘ulomjon Xojiqulov faoliyat olib borgan, xozirgi kunda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Avazbek Maxmudov faoliyat ko‘rsatib yosh avlodga an’anaviy va maqom ijrochiligini o‘rgatib kelmoqda.
Kafedramidza to‘garak sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan “Dutorchi qizlar”, “Maqomchilar”, “Raqs” ansambllari fakultet, universitet va viloyatning barcha tadbirlarida ishtirok etib kelmoqdalar.
Bundan tashqari Universitetning “Yoshlar teatri” jamoasi bizning o‘qituvchi va talabalarimiz faol a’zolaridan xisoblanadi. Ushbu teatr jamoamiz respublika teatrlar ko‘riktanlovida faxrli uchinchi o‘rinni egalladilar.
Bizning sobiq talabalarimiz orasida Nihol davlat mukofotlarini qo‘lga kiritgan uch nafar qizlarimiz G.Abdulaxatova, R.Nurmatova R.Qo‘zieuva hamda bir qoncha boshqa tanlovlarda ishtirok etgan talabalarimizdan Yo.Madu-marova, S.Omonov, R.G‘ulomqodirov, I.Maxmudov, F.Oripova, S.Ne’matovalar  bizning faxrimiz hisoblanadi.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!