0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

UNIVERSITET MATBUOT KOTIBI




EGAMBERDIYEV AZIZBEK
Universitet matbuot kotibi
Telefon: +998902689195
Faks:
E-pochta: matbuot@adu.uz
 

Andijon davlat universiteti matbuot kotibi to‘g‘risidagi

NIZOM

I bob. Umumiy qoidalar.

  1. Matbuot kotibi Andijon davlat universitetining (keyingi o‘rinlarda universitet deb ataladi) mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va bevosita universitet rektoriga bo‘ysunadi.
  2. Matbuot kotibi o‘z faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Davlat hokimiyati organlarlari ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
  3. Matbuot kotibi o‘z faoliyatini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, universitetning tarkibiy bo‘linmalari hamda boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tegishli xizmatlari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikda amalga oshiradi.

2-bob. Matbuot kotibining asosiy vazifalari va funksiyalari

  1. Quyidagilar matbuot kotibining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va universitet rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;

keng jamoatchilikni universitetning faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;

ommaviy axborot vositalari (keyingi o‘rinlarda OAV deb ataladi) bilan o‘zaro hamkorlik qilish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;

universitetning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;

axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bo‘yicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, OAV, shu jumladan, Internet tarmog‘ida materiallar tarqatish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish;

universitetning boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

idora faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda milliy va xorijiy OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida universitet rektoriga axborot berish;

universitetning faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.

  1. Matbuot kotibi yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:

OAVda, shu jumladan, Internet tarmog‘ida axborot e’lon qiladi (chop etadi), shuningdek, ularni rasmiy veb-saytlarda, hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalar va joylarga joylashtirish va yangilab borishni ta’minlaydi;

ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, universitetning rahbarlari ishtirokidagi tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar)ni tashkil etadi va o‘tkazadi;

OAV va jurnalistlarning so‘rovi asosida ularga og‘zaki va yozma shaklda (shu jumladan, elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etadi;

oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni universitetning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘playdi va ularni puxta ishlaydi;

universitetning veb-sayti tashkil etilishini va uni zamonaviy darajada yuritishni ta’minlaydi;

teledasturlar, roliklar va lavhalar tayyorlashda va ularni montaj qilishda ishtirok etadi hamda ushbu materiallarni belgilangan tartibda saqlash uchun ularning arxivlashtirilishini ta’minlaydi;

universitet faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

universitetning faoliyat sohasiga aloqador foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini ta’minlaydi.

  1. Matbuot kotibi o‘z vakolatlari doirasida milliy axborot agentliklari hamda OAVning universtet faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.

3-bob. Matbuot kotibining huquqlari va javobgarligi

  1. Matbuot kotibi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Matbuot kotibining vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni universitetning boshqa bo‘linmalaridan, idoraviy mansub tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rab olish;

universitetning yig‘ilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;

qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun universitetning rahbari bilan kelishgan holda idoraning boshqa bo‘linmalari xodimlarini jalb etish, shuningdek, boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va malakali ekspertlarini, shu jumladan, shartnoma asosida jalb etish;

boshqa OTMlarning axborot xizmatlari bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish;

rahbariyatning topshirig‘iga ko‘ra davlat organlarida respublika ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda matbuot kotibi vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha universitet nomidan vakillik qilish;

o‘z vakolatlari doirasida bosma nashrlarni nashr etish;

universitetning axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, faoliyati masalalari bo‘yicha normativ hujjatlar loyihalarini rahbariyatning ko‘rib chiqishi uchun kiritish.

  1. Matbuot kotibi:

o‘ziga yuklangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;

universitet faoliyatining milliy OAVda xolisona, sifatli va tezkor yoritilishini ta’minlash uchun javob beradi.

4-bob. Matbuot kotibi faoliyatini tashkil etish

  1. Matbuot kotibi Andijon davlat universiteti rektori tomonidan tayinlanadi hamda lavozimdan ozod qilinadi.
  2. Matbuot kotibi faoliyati univerersitet rektori tomonidan tasdiqlanadigan ish reja asosida tashkil etiladi.
  3. Matbuot kotibi bevosita univerersitet rektoriga bo‘ysunadi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!