Andijon Davlat
Universiteti
SPORT SOG’LIK GAROVI
2017-12-12    36208

Barchamizga ayon-ki, hozirda yurtimizda sportga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Yoshlarni sportga jalb qilish, ularni sport sohasida yurtimiz ravnaqini yanada yuksaltirish uchun ko’plab imkoniyatlar davlatimiz tomonidan yaratilmoqdadir.

Davlatimizda bo’layotgan sport sohasidagi g’oyalarni dasturiamal qilgan holda, kuni kecha Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo ta’lim yo’nalishi 301 guruh talabalari O’zbekiston yoshlar ittifoqi guruh yetakchisi Abdulaziz G’ofurov va guruh faoli Navbahor Turg’unovalar tashkilotchiligida, 301 va 302 guruh talabalari o’rtasida sport musobaqalari bo’lib o’tdi. Jumladan, qizlar o’rtasida voleybol, yigitlar o’rtasida futbol musobaqasi bo’lib o’tdi.

Qizlar o’rtasida o’tkazilgan voleybol musobaqasida 6 tadan ishtirokchi 2 ta jamoaga bo’linib o’ynadilar. O’yin ikki bo’limdan iborat bo’lib, maksimal 25 ta to’p otish bo’yicha o’ynaldi. Birinchi bo’limda 301 guruh qizlari chaqqonlik qildilar lekin bo’lim oxirida biroz hotirjamlikka berilib, birinchi bo’limni 24:26 bilan yakunlanshiga sababchi bo’ldilar. Ikkinchi bo’limda esa 302 guruh qizlarining qo’li baland keldi va hisob 18:25 bilan o’yin 302 guruh qizlari g’alabasi bilan yakunlandi.

Yigitlar o’rtasida esa jami 5 tadan o’yinchidan iborat 4 jamoa futbol musobaqalari o’tkazildi. 301-guruh talabalari Nurillo To’lakov boshchiligida, 302-guruh talabalari G’ayratbek Madrahimov boshchiligida hamda 102-guruh talabalari ishtirokida bo’lib o’tdi. Shiddatli va murosasiz o’tgan bahslar natijasiga ko’ra 301-guruh murabbiyi Nurillo To’lakov boshchiligida jamoa birinchilikni qo’lga kiritgan bo’lsa, 302-guruh murabbiyi G’ayratbek Madrahimov boshchiligidagi jamoa 2-o’rinni egalladilar. Shunday qilib, yuqori va ko’tarinki saviyada o’tgan musobaqalar natijalariga ko’ra, g’olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.

O’g’iloy TO’LANOVA
Suratlar muallifi: Xurshida IMINOVA
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.