Andijon Davlat
Universiteti
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQALGAN XABARGA RASMIY MUNOSABAT
2019-10-03    2590

Kecha, 2-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat universitetining BTSTI ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabalarining dars mashg’ulotlari ikkinchi smenada olib borilayotganligi va bu holat talaba-qizlar uchun noqulayliklar keltirib chiqarayotgani yuzasidan talabalarning murojaati e’lon qilindi.

Ushbu holat yuzasidan Andijon davlat universiteti quyidagilarni ma’lum qiladi:

Hozirda Andijon davlat universitetining Andijon shahri Do’stlik ko’chasi 4-uyda joylashgan o’quv binosida uchta fakultet Pedagogika, Maktabgacha ta’lim, San’atshunoslik fakultetlari talabalari tahsil olmoqda. Ushbu o’quv binosida 31 ta o’quv hamda 5 ta kompyuter xonalari mavjud bo’lib, umumiy 1010 ta o’ringa mo’ljallangan. Ayni vaqtda ushbu fakultetlarning talabalarining umumiy soni 1608 nafarni tashkil etadi. O’z-o’zidan ushbu holat talabalarni ikki smenada o’qitishni taqozo qiladi. Birinchi smena darslari ertalab soat 8:30 da boshlanib, uchinchi para 13:20 da tugaydi. Ikkinchi smena darslari esa 13:30 boshlanib, soat 17:50 da yakunlanadi. Shu bois universitet ma’muriyati dars mashg’ulotlarini ikki smenada tashkil etishga majbur.

So’nggi uch yil ichida oliy ta’lim tizimidagi islohotlar ayniqsa, bitiruvchilarning oliy ta’limga qamrab olish ko’rsatkichi keskin oshdi va kelgusida bu ko’rsatkichni 50 % gacha oshirish ko’zda tutilgan. Bu holat juda quvonarli va ayni damda oliy ta’lim muassasalariga katta mas’uliyat yuklaydi. Sababi qabul qilinayotgan talabalarning soni oshishi, ta’lim sifatining pasayishi evaziga bo’lmasligi lozim. Bu jarayonda oliy ta’lim muassasalariga qo’shimcha o’quv binolari hamda malakali mutaxassislar lozim bo’ladi. Ayni yuqorida ko’rsatilgan ikki smenada o’qish tashkil etishga majburlik ham yurtimizdagi aksariyat oliy ta’lim muassasalarini qiynab kelayotgan muammolardan hisoblanadi. Universitet ma’muriyati ushbu masalani hal etish maqsadida tegishli tashkilot va idoralarga murojaat qilgan hamda ushbu muammoni bartaraf etishga astoydil harakat qilmoqda.

Andijon davlat universiteti axborot xizmati ushbu muammoni e’tiborsiz qoldirmay, hal qilishga harakat qilayotgan blogerlarga o’z minnatdorchiligini bildiradi hamda hamkorlikda ishlashga tayyorligini ma’lum qiladi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.