Andijon Davlat
Universiteti
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI XAYOTIDAN
2017-12-12    6390

SAVOB ISHNI HAR KIM, HAR KUNI QILISHI KERAK

Universiteti fizika-matematika fakulteti faollari tadbir uyishtirib bu safar Qo'rg'ontepa tumanidagi nogironlar uyiga tashrif buyurishdi. Faollar Nogironlar uyida yashayotgan ukalarimiz singillarimiz bilan suhbatlashib, ko'nglini ko'tarib ularga sovg'alar ulashishdi. Fizika-matematika fakulteti dekani Madaminjon Mahkamovga tadbirni uyushtirishdagi amaliy yordami uchun minnatdorchilik bildiramiz.

BIZ OITSGA QARSHIMIZ

1-dekabr Butunjahon OITS ga qarshi kurashish kuni munosabati bilan shahrimiz ko'chalarida “#BIZ_OITSga qarshimiz!” aksiyasining targ'ibot ishlari bo'lib o'tdi. Ushbu bo'lib o'tgan aksiya targ'ibot ishlarida fizika-matematika fakulteti talabalari faol qatnashishdi.

 

KITOBXONLIK KECHASI

8- dekabr Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan Universitetning axborot resurs markazida fizika-matematika fakultetining kitobxonlik kechasi o'tkazildi. Tadbirda  prorektor Azamjon Xamroqulov fakultet talabalariga o'zlari yoqtirgan kitoblarni sovg'a qildi.

MuhammadAli SOLIJANOV
Fizika-matematika fakulteti “Yoshlar ittifoqi” yetakchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.