Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ GANDBOL JAMOASI FARG'ONA VILOYATI JAMOASINI YIRIK HISOBDA MAG'LUB ETDI
2019-10-23    2693

Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha viloyatlarida "Universiada - 2019" sport musobaqalarining hududiy saralash bosqichi bo'lib o'tmoqda. Andijon davlat universiteti talabalari ham sport turlari bo'yicha musobaqalarda keng ishtirok etib kelmoqda.

Bugun Namangan viloyatida qo'l to'pi bo'yicha hududiy saralash o'yinlari doirasida Andijon davlat universiteti jamoasi Qo'qon davlat pedagogika instituti talabalaridan iborat Farg'ona viloyat terma jamoasi bilan maydonga tushdi.

Quvonarlisi, dastlab 5:10 hisobida ortda qolayotgan talabalarimiz raqib bilan kechgan shiddatli bahsda iroda ko'rsatib, yakunda 38:24 hisobida g'alaba qozondilar.

Jamoamizning "Universiada - 2019" Respublika bosqichiga chiqishlari uchun NamDU va QDPI jamoalarining ertaga bo'lib o'tadigan o'yini natijalariga bog'liq bo'lib, QDPI talabalari g'alaba qozonsa, bizning jamoamiz musobaqaning final bosqichida.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.