Andijon Davlat
Universiteti
O’SH DAVLAT UNIVERSITETI VAKILLARI UNIVERSITETGA TASHRIF BUYURDI
2017-12-12    10013

O‘sh davlat universiteti hamda Andijon davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik faoliyatini olib borish maqsadida imzolangan memorandumga ko‘ra, joriy yilning 5 dekabr kuni O‘sh davlat universiteti vakillaridan iborat delegatsiya Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni “Bobur va jahon madaniyati muzeyi” bilan tanishtirish uchun Andijon shahridagi “Bog‘i Bobur” nomli madaniyat va istirohat bog‘iga olib borildi. Bu yerda mehmonlarga “Bobur” nomli xalqaro jamoat fondi raisi Zokirjon Mashrabov hamda ADU rektori A.S.Yuldashevlar hamrohlik qildilar. Muzeydan chiqib, Bobur xiyobonida joylashgan Zahiriddin Muhammad Bobur haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.

Shundan so‘ng, delegatsiya a’zolari Andijon davlat universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni kutib olish marosimi ko‘tarinki ruhda va tantanali ravishda amalga oshirildi. Delegatsiya a’zorlari bosh bino foyesida tashkil etilgan ko‘rgazmalar orqali universitetda mavjud kafedralar faoliyati bilan yaqindan tanishib, “Humo” talabalar teatr studiyasi tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlarini tomosha qildilar.

So‘ngra mehmonlarni geografiya kafedrasining o‘quv xonalari, umumiy kimyo va biokimyo laboratoriya xonalari jihozlari hamda qirg‘iz filologiyasi xonasi bilan tanishtirildi. Jismoniy madaniyat fakultetida sportchi talabalarning erishgan yutuqlari va “Barkamol avlod” sport zalida ketayotgan mashg‘ulotlar jarayoni o‘rganildi.

Universitet axborot resurs markazida adabiyotlar fondi, o‘quv zali, kompyuter xonalari bilan, tarix fakultetida o‘quv va to‘garak mashg‘ulotlari jarayoni hamda "Meros" jamg‘armasining rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, tarix fanlari doktori, professor R.T.Shamsutdinovning ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan tanishdilar.

Shuningdek, universitetning kichik majlislar zalida delegatsiya a’zolari bilan universitet rahbariyatining yakuniy majlisi o‘tkazildi.

Majlisda universitet rektori, barcha prorektorlar, fakultet dekanlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdilar. Majlis davomida yig‘ilganlarning barchasi so‘zga chiqib, ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hamkorlik aloqalari yuzasidan takliflar bildirilib, fikr almashildi.

Umida AXMEDOVA
Universitet xotin-qizlar qo'mitasi raisasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.