2019-yilning 21-oktabr kuni "Sayyid Muhyiddin maxdum" o‘rta maxsus islom bilim yurtida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risidagi” qonun qabul qilinganligining 30 yilligini munosib nishonlash maqsadida “Tilga e’tibor – elga e’tibor” mavzusida tadbir tashkil qilindi.
Tadbir O‘zbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati vakilligi majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.
Ushbu o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy kechada O‘zbekiston O‘zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyatidagi vakili, viloyat bosh-xatibi, bilim yurti mudiri Mirzamaqsud domla Alimov, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti “O‘zbek adabiyotshunosligi” kafedrasi o‘qituvchisi Zokirjon Mamajonov, bilim yurti mudarris, xodim va talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan ADU dotsenti Zokirjon Mamajonov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 4 oktabr kuni «Davlat tili haqida"gi (1989 yil 21 oktabr) qonunning 30 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzolaganligini alohida ta’kidlab o‘tdgan holda, har qaysi xalqning ona tili va adabiyoti uning milliy ruhi va o‘zligining, madaniy-ma’rifiy olami, milliy g‘oyasining asosi hisoblanishi, ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak – millatning ruhini yo‘qotmakdur” degan hikmatli so‘zlari ham bu fikrni yaqqol tasdiqlanishini, o‘zbek tili qadimiy va boy tarixga ega bo‘lib, uning shakllanishida miloddan oldingi va miloddan keyingi dastlabki asrlarda mintaqamiz hududida yashagan baqtriylar, so‘g‘diylar, xorazmiylar va boshqa elat va millatlar o‘z ta’sirini ko‘rsatgani haqida mavjud ilmiy manbalar dalolat berishini, o‘zbek tilining har tomonlama taraqqiy topishi va adabiy til sifatida maydonga chiqishida qadimiy turkiy til katta hissa qo‘shganini alohida ta’kidlanishi tabiiyligini, shu borada Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi ilmu fan va adabiyot namoyandalarining xizmati va qoldirgan merosi muhim o‘rin egallaganini qayd etish joizligi, o‘zbek adabiy tili ayniqsa XIV-XV asrlarda – Amir Temur va temuriylar davrida rivojlanishning yangi, yuksak bosqichiga ko‘tarilgani, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy umumbashariyat madaniy xazinasidan munosib o‘rin olgan o‘lmas asarlarini aynan ona tilimizda yaratib, uning shuhratini butun dunyoga tarannum etgani, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammadrizo Ogahiy, Boborahim Mashrab, Muqimiy, Furqat kabi o‘nlab mumtoz adib va allomalarimizning ijodida ona tilimizning lug‘at boyligi, badiiy imkoniyatlari, uning go‘zalligi va nafosati yanada yorqin namoyon bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir davomida talabalar ham faol ishtirok etib, ushbu sana munosabati bilan bitilgan she’rlaridan o‘qib berdilar.
Tadbir yakunida Z.Mamajonov ushbu kechani munosib tarzda tashkil qilinganligi va taklif uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, bilim yurtining barcha ustoz va talabalarini kelgusidagi o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI