Andijon Davlat
Universiteti
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETIDA YOSHLAR ITTIFOQI FAKULTET YETAKCHILIGIGA SAYLOV O’TKAZILDI
2019-10-15    2629

Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida joriy yilning 11-oktabr kuni Yoshlar ittifoqi fakultet yetakchiligi uchun saylov bo’lib o’tdi. Saylovda Fizika-Matematika fakulteti dekani M.Maxkamov, Andijon davlat universiteti Yoshlar Ittifoqi BT yetakchisi E.Xolmirzayev va fakultetning har bir akademik guruhidan saylangan delegatlar  ishtirok etishdi. Saylov shaffoflik va oshkoralik prinsiplari asosida amalga oshirildi. 

Andijon davlat universiteti

Saylov jarayonlarini fakultet dekani kirish so’zi bilan ochib berdi. Ma'ruzachi o’z ma'ruzasida o’tgan o’quv yilida Yoshlar ittifoqi fakultet kengashi va sobiq Yoshlar ittifoqi fakultet yetakchisi X.Jabbarov tomonidan amalga oshirilgan ishlar, o’tkazilgan tadbir va loyihalar, tashabbuslarini sarhisob qilib, kengash va fakultet yetakchisi sa’y harakatlari bilan tashkil qilingan tanlovlarda fakultetimiz faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgani haqida talabalarga aytib o’tdi.

Andijon davlat universiteti

Shundan so’ng E.Xolmirzayev so’nggi yillarda Yoshlar ittifoqi har bir yoshlarga yaratib bergan imkoniyatlari, olib borilgan islohatlar haqida batafsil so’zlab berdi. Shu bilan ma'ruzachilar so’zlarini tugatishdi. Fakultet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi lavozimga o’z nomzodini ilgari surayotgan 3 nafar talabani ishtirokchilarga tanishtirdi. Ular:
Is'hoqov Islombek Abdurahmon o’g'li - IO'M2-guruh talabasi
O’rinboyev Hojiakbar Shavkatbek o’g'li - IO'M3-guruh talabasi
Qurbonov G’ayratjon Farxod o’g’li - IAT3-guruh.

Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universiteti

Oshkoralik va haqqoniylik asosida o’tkazilgan saylovda 1-nomzodga saylovchilarning 20%i, 2-nomzodga esa 68%i, 3-nomzodga esa 12% i ovoz berdilar.
Shu bilan Fizika-matematika fakulteti Yoshlar Ittifoqi BT yetakchisi lavozimiga O’rinboyev Hojiakbar Shavkatbek o’g'li tayinlandi. Fakultetimizning barcha talabalari nomidan H.O’rinboyevni tabriklaymiz va kelgusidagi ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Zulunova Mohlaroyim
Fizika-Matematika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.