Andijon Davlat
Universiteti
ADU TALABASI KARATE BO'YICHA O'ZBEKISTON KUBOGINI QO'LGA KIRITDI
2019-10-24    2960

Andijon davlat universiteti Boshlang’ich ta’lim va sport ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabasi Tursunmuhammadov Shohruhbek 15-18-oktyabr kunlari Toshkent shahrida karate sport turi bo’yicha o’tkazilgan O’zbekiston kubogida g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Andijon davlat universiteti

U 68 kg toifasida o’smirlar toifasida kumite yo’nalishida tatamiga tushib, Toshkent shahri, Surxondaryo, Samarqand, Qoraqalpog’iston Respublikasidan bo’lgan tengdoshlarini mag’lub etib, finalga yo’l oldi. Final jangida qashqadaryolik raqibi bilan tatamiga chiqdi hamda uni ham mag’lub etdi.

Andijon davlat universiteti

Shohruhbek xalqaro turnirlarda ham faol qatnashib kelmoqda. U 6 karra O’zbekiston chempioni, 2 karra Markaziy Osiyo chempioni, joriy yilda Yaponiyada o’tkazilgan Osiyo chempionatida 3-o’rinni qo’lga kiritgan.

 Andijon davlat universiteti

Joriy yilning 20-22-sentabr kunlari Eron davlatining Urmia shahrida karate boyicha bo’lib ótgan “Urmia open - 15th” xalqaro musobaqasida Qozog’iston, Ozarboyjon, Latviya, Turkiyalik raqiblarini mag’lub etib, faxrli 2-o’rinni egalladi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.