Andijon Davlat
Universiteti
MAKTABGACHA  TA’LIM  FAKULTETIDA “BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ” AKSIYASI O’TKAZILDI
2019-10-23    3262

Joriy yilning 21-oktabr kuni Maktabgacha ta’lim fakultetida Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi D.Abdullajonova boshchiligida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” aksiyasi tashkil etildi.

Aksiyada fakultet dekani p.f.d. Z.Azimova, Maktabgacha ta’lim  metodikasi kafedrasi mudiri dotsent A.Teshaboev, Maktabgacha talim pedagogikasi kafedrasi mudiri dotsent M.Artikova, kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari va talabalar qatnashdilar.

Dastlab fakultet dekani p.f.d. Z.Azimova korrupsiya haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirib, korrupsiyani oldini olish bo’yicha o’z taklifini berdi hamda “Sizningcha korrupsiyani qanday yo’qotish mumkin” deb nomlangan so’rov doskasiga birinchi jetonni yopishtirdi.

So’ng fakultet tarkibidagi ikkala kafedra mudirlari dotsent A.Teshaboev hamda dotsent M.Artiqovalar,  professor-o’qituvchilar va talabalar o’z fikrlarini bildirib, aksiyani davom ettirdilar.

Aksiya juda qizg’in tarzda davom etdi. Korrupsiyaning turli ko‘rinishlari, koeeupsiogen holatlarni vujudga keltiruvchi sabablar, yo‘l qo‘yilgan jinoiy xatti-harakatlar va ularning oqibatlari xususida jamoaga tushunchalar berildi. Ushbu masala fakultet talabalari va professor-o’qituvchilari tomonidan atroflicha muhokama etildi va fakultetda shunday holatlarni oldini olish bo’yicha barcha birdek hamkorlikda ishlash, imtihon jarayonlarini ochiq holda tashkil etish lozim degan xulosaga kelindi.

D.Abdullajonova
Maktabgacha ta’lim  kafedrasi  o'qituvchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.