Andijon Davlat
Universiteti
TAQDIRIMSAN, TARIXIMSAN, KELAJAGIMSAN ONA TILIM
2019-10-23    4110

1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti talabalari tomonidan  “Taqdirimsan, tariximsan, kelajagimsan ona tilim” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbirda dotsent M.Saidxonov, Fakultet dekani R.Shamsitdinov, dekan o‘rinbosarlari N.Nurmatov, I.Djumaboevlar, fakultet o‘qituvchilari hamda 300 nafardan ortiq talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Ushbu tadbirda dotsent M.Saidxonov hamda fakultet dekani R.Shamsitdinovlar talabalarga  shu o‘tgan davrda ona tilimiz yanada sayqallanishi, badiiyligi, tarixiyligi va dunyo miqiyosidagi ahamiyati hamda nufuzini oshirishga qator madaniy, ma’rifiy, ijro, izlanishlar, tadqiqotlar olib borilgani, natijada jahondagi ko‘plab mamlakatlar xalqlari davlatimiz ramzlari O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i, gerbi, davlat madhiyasi qotorida o‘zbek tiliga ham hurmat bilan qarab, nafis va boy til sifatida baho berilayotganligi, chunki, mamlakatimizda ona tilimizni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, uning milliy ruhini oshirish, madaniyat va san’atini yuksak pog‘onalarga ko‘tarish ustuvor vazifalarni bajarish  tom ma’noda kundalik hayotimizda tobora singib borayotganligi haqida ta’kidlab o‘tdilar.

Shuningdek, tadbirda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar ijro etildi. Tarix fakulteti Ijtimoiy madaniyat va san’at muassasalarini boshqarish yo‘nalishi talabalari tomonidan ona tilimizni kuylovchi she’r, qo‘shiq va raqslar, sahna ko‘rinishlari mahorat bilan ijro etildi.  

 

Oydinoy Mirzahalilova
Yoshlar ittifoqi Tarix fakulteti yetakchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.