Andijon Davlat
Universiteti
OLTINKO‘L TUMANIDAGI MAKTABLAR BILAN UNIVERSITET O‘RTASIDA HAMKORLIK ALOQLARI KUCHAYTIRILADI
2019-10-18    2875

Maktablarga ko‘maklashish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi a’zosi, ADU Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar) kafedrasi mudiri, dotsent Dilshodbek Rustamov tashabbusi bilan Oltinko‘l tumanidagi barcha maktablarda ADU yetakchi professor-o‘qituvchilari ishtirokida navbatdan tashqari Pedagogik Kengash yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Unda maktab jamoalariga professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan uslubiy va metodik maslahatlar berilib, muammolarini bartaraf qilish yuzasidan o‘z takliflarini berishdi.

Jumladan, joriy yilning 16-oktabr kuni 40-umumta’lim maktabida Dilshodbek Rustamov ishtirok etdi va jamoa a’zolariga Prezidentimiz rasiligida joriy yilning 23-avgustda o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida ko‘rilgan masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kengroq yoritib berdi.

Pedagogik Kengash yig‘ilishi so‘nggida maktab jamoasini qiynayotgan muammolar, oliy ta’lim muassasi va maktablar hamkorligini kuchaytirish, ADU professor-o‘qituvchilari ishtirokida master-klasslar va dars mashg‘ulotlari yanada ko‘proq va sifatli tashkil qilish borasida suhbat bo‘ldi va D.Rustamov o‘z tavsiyalarini berdi.

Yig‘ilish so‘nggida jamoa a’zolari hamkorlik yig‘ilishidan ko‘p narsa o‘rganganliklarini bildirib ADU rahbariyatiga o‘z mamnuniyatini bildirib o‘tdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.