Andijon Davlat
Universiteti
ISLOMJON KARATE BO’YICHA O’ZBEKISTON KUBOGI SOHIBI
2019-10-22    2998

Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 1-bosqich talabasi Sattarov Islomjon sportning Karate WKF turi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Andijon davlat universiteti

Islomjon musobaqaning yakkalik va jamoaviy baxslarida ishtirok etdi va ikki toifada ham g‘olib bo‘ldi.

Yakkalik baxslarda birinchi davrada xorazmlik, ikkinchi davrada toshkentlik, yarim finalda samarqandlik tengdoshlaridan ustun kelib, finalga yo‘llanma oldi.

Finalda sportchimiz yana bir andijonlik sportchi Abdulatipov Ixtiyorni mag‘lub etib, O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi.

Jamoaviy baxslarida ham qatnashgan Islomjon bu yo‘nalishda ham jamaodooshlari bilan O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi.

Andijon davlat universiteti

Endigina 17 yoshga kirgan Islomjon Sattarov sportning Karate WKF turi bo‘yich 5 karra O‘zbekiston chempioni, 2017 yilda Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo chempionati g‘olibi, shu yili Qozog‘istonning Astana (hozirgi Nursulton) shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionati bronza medalini, 2018 yilda Yaponiyaning Akinava shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionati sovrindori, bir qancha respublika miqyosidagi hamda xalqaro musobaqalarda g‘olib va sovrindori bo‘lgan.

Andijon davlat universiteti

Ushbu yutuqlari uchun 2019/2020 o’quv yilida oliy ta’lim muassasasiga imtiyozli ravishda qabul uchun litsenziyani qo’lga kiritdi va Andijon davlat universitetiga imtiyoz asosda, imtihonsiz qabul qilindi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.