Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ TALABASI JAHON CHEMPIONATI SOVRINDORI
2019-10-22    2709

Andijon davlat universiteti jismnoniy madaniyat fakulteti 1 bosqich talabasi Ziyadinov Musoxon 2019 yil 11-13-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan sambo sport turi bo’yicha yoshlar va o’smirlar o’rtasida bo’lib o’tgan Jahon chempionatida ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

Andijon davlat universiteti

Musoxon o’zining dastlabki jangida mo’g’ulistonlik Batsaixan Badamdorjni 4-daqiqadayoq muddatidan avval mag’lub etdi.

U musobaqaning ikkinchi davrasida Fransiya vakili Daniel Zubkoni ham muddatidan avval mag’lub etib, musobaqaning yarim finaliga chiqdi.

Andijon davlat universiteti

Yarim finalda talabamiz ozarboyjonlik kuchli sportchi Hojibola Jabroilovni 4:0 hisobida mag’lub etib, kamida kumush medalni naqd qildi.

Musoxon Ziyadinov final bahsida sambo vatani rossiyalik Danil Orlov bilan gilamga chiqdi. Bahs shiddatli kurashlarga boy o’tdi. Biroq, rossiyalik sportchi ochkolar hisobiga g’alabani qo’lga kiritdi va Musoxon kumush medal bilan kifoyalanishga majbur bo’ldi.

Yosh va umidli sportchimiz Musoxon chempionat davomida xorijlik mutaxassislar va muhlislar e’tiboriga tushdi va olqishlarga sazovor bo’ldi.

Andijon davlat universiteti

Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, 18 yoshli talabamiz joriy yilda sambo sport turi bo’yicha yoshlar o’rtasida O’zbekiston hamda Osiyo ochiq chempionatida ham chempionlikni qo’lga kiritgan. U shuningdek, respublika va xalqaro miqyosidagi turli turnir va musobaqalar g’olibi hisoblanadi.   

Kelajakda Musoxonga O’zbekistonimiz bayrog’ini yanada yuksaklarga ko’tarishini va yorqin g’alabalar tilab qolamiz

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.