Andijon Davlat
Universiteti
BIZNING FAXRIMIZ!
2019-10-14    3586

Hech bir narsa sportchalik mamlakatni dunyoga tez mashxur qila olmaydi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga ulkan e’tibor qaratilmoqda. Bu borada yigit-qizlarning Vatanga muhabbat, milliy o‘zlikni anglash ruhida tarbiyalashga, xalqaro sport maydonida O‘zbekiston shuhratini yoyishga xizmat qiladigan jismoniy tarbiya muhim kasb etadi. Bugungi kunda yurtimizda barcha sport turi rivojlangan bo‘lib, yoshlarimiz jahon arenalarida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarmoqdalar. Ana shunday sportchilardan biri Mashrabov Ilxomjon Qaxramon o‘g‘lidir. U 1994-yil 8-iyunida Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumaning Dardoq qishlog‘ida tavallud topgan.

Eng quvonarlisi, hozirda ushbu sportchimiz Andijon davlat universiteting jismoniy madaniyat fakultetida tehsil olmoqda. Bugungi kungacha ko‘plab sport musobaqalarida belbog‘li kurash sport turi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib, nafaqat respublikamizning, balkim viloyatimizning  ham dunyoga dovrug‘ini taratayotgan yoshlarimizdan biridir.

Jumladan, 2015-, 2016-, 2018-yillarda jahon chempionligini, 2017-yilda Osiyo o’yinlarida 1-o‘rinni, joriy yilda Turkmanistonda bo’lib o’tgan Osiyo chempionatida 5-marotaba birinchilikni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, ko‘plab respublika miqyosidagi turnirlarida ham faxrli o‘rinlarni egallagan.

“Oldinda bizni ko‘plab musobaqa, turnirlar kutmoqda, tayyorgarlik jarayoni ham qizg‘in ketmoqda, albatta ustozlarimiz va murabbiylarimiz mehnatini yuzaga chiqargan holda, oliy o‘rinlarni qo‘lga kiritish maqsadini oldimizga qo‘yganmiz,” - deydi yosh  sportchimiz. Darhaqiqat, viloyatimizda bunday sportchilarimiz borligi bizni quvontiradi, bunday yoshlarimiz bilan faxrlanib, o‘sib kelayotgan avlodga na’muna qilib ko‘rsatsa arziydi.  

 

Muxlisa Omonboyeva
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.