Andijon Davlat
Universiteti
AQSHNING TEXAS TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI PROFESSORI UNIVERSITETIMIZ TALABALARIGA DARS BERMOQDA
2019-10-10    5181

Andijon davlat universiteti Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalariga AQSHning Texas texnologiya universiteti professori Raviprokash Govandrov Dani dars mashg’ulotlarini olib bormoqda.

Andijon davlat universiteti

So’nggi yillarda Andijon davlat universiteti o’quv jarayoniga yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining yetuk olimlari va professorlarini jalb etish, ular bilan tajriba almashish, ilmiy sohada hamkorlik qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Iqtisodiyot kafedrasining Texas texnologiyalar universiteti bilan hamkorlik aloqalari doirasida professor Raviprokash Govandrov Dani universitetga taklif etildi. Xorijlik professor Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalariga Menejment fanidan dars mashg’ulotlarini olib borib, ushbu fandan rejadagi 20 soat ma’ruza mashg’ulotlarini to’liq olib borishi rejalashtirilgan.

Andijon davlat universiteti

Professor Raviprokash Dani dars mashg’ulotlari davomida Menejment fanining eng so’nggi yangiliklari, zamonaviy nazariyalari hamda fanning muhim kategoriyalarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tushuntirmoqda. Mashgʻulotlar rus va ingliz tillarida, talabalar bilan interaktiv usulda, qiziqarli va munozarali baxslarga boy tarzda olib borilmoqda.

Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universiteti

Talabalardan Musayev Eldiyor dars mashg'ulotlari haqida quyidagi fikrlarni bildirb o'tdi: - “Ushbu tashkillashtirilgan darslar biz talabalarga bilimlarimizni va dunyoqarashimizni yanada kengaytirishga, kelajakda oʻzimiz tanlagan soha boʻyicha maslahat va koʻnikma olishimizga, biznes va tadbirkorlikda muvafaqqiyatga erishish uchun nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi boʻyicha oʻzimizni qiziqtirgan savollarga javob olishimizga katta yordam bermoqda. Ayniqsa, Raqamli iqtisodiyot, Brend imiji, Marketing. Reklama, Silikon vodiysi kabi mavzular biz uchun juda tushunarli va foydali bo’ldi. Mavzularning har biri kundalik misollar bilan AQSH, Oʻzbekiston, Hindiston davlatlaridagi iqtisodiy tizimlarini solishtirgan holda o’tilishi menga juda yoqdi. Tajribali xorijiy professorlarni bizga dars olib borishini yo’lga qo’yish jahon darajasida bilimlar egallashimizga katta xissa qo’shadi.”

Abdurashidova Sanobar
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.