Andijon Davlat
Universiteti
FIZIKA BO'YICHA NOBEL MUKOFOTI SOVRINDORLARI E'LON QILINDI
2019-10-08    3576
Fizika boʻyicha 2019-yilgi Nobel mukofoti kanadalik Jeyms Piblzga jismoniy kosmologiyada nazariy kashfiyotlari va shveysariyalik Mishel Mayor va Didye Keloga Quyoshga oʻxshash yulduz orbitasida ekzosayyorani kashf etgani uchun berildi. Bu haqda Stokgolmdagi Nobel qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qilgan.
“Bu yilgi laureatlar bizning fazo haqidagi bilimlarimizni oʻzgartirdi, Ularning kashfiyotlari bizning dunyo haqidagi tushunchamizni ham butunlay oʻzgartiradi,“ deyiladi Nobel qoʻmitasi press-relizida.
Kanadalik astrofizik Jeyms Piblz qorongʻu metariyalar, birlamchi nukleosintez, yaʼni Katta portlashning tabiiy jarayonlarini oʻrganib chiqqan. “Piblzning nazariy kashfiyotlari tufayli olimlar Koinotning yoshini aniqlovchi dalillarni kashf etdi“, deb yozadi Nobel qoʻmitasi oʻz press-relizida.
 
Shved mutaxassislarining fikricha, Piblz tomonidan yigirma yil davomida ishlab chiqilgan nazariy asos –Katta portlashdan to hozirgi kungacha koinot tarixi haqidagi hozirgi tushunchalarimizning asosini tashkil etadi. Rossiya Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, maxsus astrofizika rasadxonasi ilmiy rahbari Yuriy Balega esa Jeyms Piblz koinotning yaralashi va rivojlanishini nazariy tavsiflashda katta hissa qoʻshganini taʼkidlagan.
 
Mishel Mayor va Didye Keloning xizmatlari shundan iboratki, 1995-yil oktyabr oyida ular birinchi ekzosayyorani, yaʼni quyosh tizimidan tashqarida boʻlgan sayyorani kashf etganlar. “51 Pegasus“ deb nomlanuvchi osmon jismi, quyoshga oʻxshash sayyora atrofida aylanadi va Yerdan 50 yorugʻlik yil uzoqlikda joylashgan. Oʻshandan beri astronomlar 4 mingdan ziyod ekzosayyorani kashf etishgan.
 
Jeyms Piblz 1935-yilda Kanadaning Manitoba provinsiyasida tugʻilgan. Hozir u Prinston universiteti (AQSH) professori, dunyodagi yetakchi kosmologlardan biri.
Mishel Mayor 1942-yilda Lozanna shahrida tugʻilgan. U Lozanna universitetida magistrlik darajasini olib, Jeneva rasadxonasida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Uning hamkasbi Didye Kelo ham 1966-yilda Lozanna shahrida tugʻilgan. U doktorlik dissertatsiyasini Jeneva universitetida Mishel Mayor rahbarligida himoya qilgan. Aynan oʻsha paytda ular birgalikda birinchi ketma-ketlikdagi “51 Pegasus“ yulduzi yaqinida birinchi ekzosayyorani topgan edilar.
Mayor va Kelo 2017-yildayoq muhim ilmiy mukofot – fizika boʻyicha Volf mukofotini qoʻlga kiritishgan.
Maʼlumot oʻrnida, oʻtgan yili “lazer fizikasi sohasidagi inqilobiy kashfiyotlari“ uchun Artur Ashkin (AQSH), Jerar Mouru (Fransiya) va Donna Striklend (Kanada) fizika boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan edi.
 Manba: O'zA
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.