Andijon Davlat
Universiteti
CHET TILLAR FAKULTETIDA “YOSH TARJIMON” KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI
2019-10-04    3179

Andijon davlat universiteti Chet tillar fakultetida talabalar o‘rtasida "Yosh tarjimon" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov joriy yilning 28-sentabridan 3-oktabr kuniga qadar davom etib, unda Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishida tahsil oluvchi 70 dan ortiq talabalar ishtirok etdilar. Ko‘rik-tanlov ikki shartdan iborat bo‘lib, talabalar yozma va og‘zaki tarjima shartlarida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Og‘zaki tarjima ham o‘z navbatida ikki turda o‘tkazilib, talabalarning erkin va sinxron tarjima qilish ko‘nikmasi tekshirildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra barcha shartlarda tengdoshlaridan bilimliroq ekanini namoyon etgan Ingliz tili 206-guruh talabasi Bahodirjonova Xilola birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘ringa 106-guruh talabasi Alimova Madina va uchinchi o‘ringa 107-guruh talabasi Qobulov Jahongirlar sazovor bo‘ldilar.

Ko‘rik-tanlovning eng hayajonli damlari – talabalarni taqdirlash marosimi ingliz tili fonetikasi kafedrasida bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimida fakultet dekani A.Mamatqulov,  dekan o‘rinbosari X.Matqulov, ingliz tili kafedrasi mudiri S.Solijonov, kafedra o‘qituvchilari, tadbirni tashkil qilgan kafedra o‘qituvchisi J.Egamberdiev va ishtirokchi talabalar qatnashdilar.

Taqdirlash marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, unda so‘z olganlar tarjimadagi qiyinchiliklar va tarjimonlarning yutuqlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. G‘oliblar fakultet rahbariyatining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Fakultet rahbariyati tanlovni tashkil qilgan ingliz tili fonetikasi katta o‘qituvchisi Jasurbek Egamberdievga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.

Rasulbek Sodiqov
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.