Andijon Davlat
Universiteti
“PEDAGOGIKA” FAOLLARI MURUVVAT UYIDA
2017-12-09    9081

«Butunjaxon nogironlarni ximoya qilish» kuni munosabati bilan Pedagogika fakulteti “O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi” BT fakultet yetakchisi Ilxom Boltaboev xamda Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi ta’lim yo‘nalishi 204-gurux murabbiyi Shavkat Axmedov xamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati xokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi Bo‘taqara “Muruvvat” nogironlar uchun erkaklar uyiga bir qator iqtidorli va faol talabalar bilan tashrif buyurdilar.

Ushbu “Muruvvat” uyida 308 nafar o‘zgalarni yordamiga muhtoj 1-2-gurux qalbi o‘ksik, imkoniyati cheklanganlar istiqomat qilmoqda.

Bizning fakultetimiz jamoasi ularga o‘zlarining tayyorlab borgan konsert dasturini taqdim etdilar.  Konsertni ochib berish uchun so‘z “Muruvvat” uyi direktor o‘rinbosari Umidjon Xamdamovga berildi:

“Men Andijon Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti raxbariyatiga, xususan bizning “Muruvvat” uyimizga tashrif buyurgan o‘qituvchi va talabalarga shu yerda o‘tirgan barcha bolalarimiz nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman va kirib kelayotgan, yurtimizda keng nishonlanadigan Butunjaxon nogironlar kuni bilan muborakbod etaman”  - deb so‘zini yakunladi.

Konsert ssenariysidan joy olgan qo‘shiq, raqs va diqqatga sazovor bo‘lgan saxna ko‘rinishlari birin-ketinlik bilan davom etdi.

Talabalarimizning xar bir chiqishlarini ko‘tarinki rux bilan kutib olindi.

Tadbir davomida tomoshabinlarga yanada yuqori kayfiyat olib kirish maqsadida fakultetimizning “Quvnoqlar va zukkolar” terma jamoasi o‘z chiqishlarini namoyon etdilar.

Zaldagi barcha ishtirokchiyu tomoshabinlar bayramdan zavqlanib, xayotga bo‘lgan ishtiyoqi yanada oshib ketdi.

Konsertni yakunlash uchun so‘z BMTM kafedra o‘qituvchisi Shavkat Axmedovga berildi. U xammani kirib kelayotgan bayram bilan tabriklab, tomoshabinlarga va ularga o‘z aka- ukasidek mexribonlik qilib ko‘z qorachig‘idek asrab parvarishlayotgan tarbiyachilariga fakultet tomonidan esdalik sovg‘alari topshirdi.

Taqdirlash marosimi yakuniga yetgach, “Muruvvat” uyi direktor o‘rinbosari Umidjon Xamdamov mexmonlarni muzeyga taklif qildi.

Bolalar imkoniyati cheklanganligiga qaramasdan erishgan yutuqlari va yaratgan betakror ijodiy ishlari barchani birdek e’tiborini tortdi. Talabalar xamda  “Muruvvat” uyi ishchi xodimlari jamoasi ushbu kundan mamnun ekanligini bildirdilar.

Xosiyatxon MAMIRJONOVA
"O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi" faoli, B.T.S.T.I. ta’lim yo'nalishi talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.