Andijon Davlat
Universiteti
TABRIKNOMA! MO‘MINOV MELS TURSUNOVICH TABARRUK 80 YOSHNI QARSHI OLDI
2019-09-27    2630

Bugun Andijon davlat universiteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi Mo‘minov Mels Tursunovich o’zining muborak 80 yoshini qarshilamoqda. Mels Tursunovichni ushbu muborak sana bilan tabriklaymiz, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz.

Mo‘minov Mels Tursunovich 1939-yil 27-sentabrda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1963-yilda Farg‘ona davlat universitetining rus tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. 1961-1963-yillarda Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 21-o‘rta maktabda ish faoliyatini boshlagan. 1963-yilda Ural davlat universiteti aspiranturasiga qabul qilingan. 1963-1965 yillarda harbiy xizmatni o‘tagan va xizmatdan so‘ng aspiranturada o‘qishni davom ettirib 1968-yilda tamomlagan. 1968-1969-yillarda Ural davlat universitetida ishlagan. Uning keyingi ish faoliyati Andijon davlat tillar pedagogika instituti hamda 2010-yildan boshlab  Andijon davlat universiteti bilan uzviy bog’liq xolda kechgan. Mels Tursunovich o‘zining salkam 60 yillik pedagogik faoliyati davrida oddiy laborantlikdan, kafedra o‘qituvchisi, kafedra mudiri,  rus tili va adabiyoti fakulteti dekani kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

O‘zining qutlug’ 80 yoshini qarshilayotgan Ustoz hozirda Andijon davlat universiteti rus  tili va adabiyoti kafedrasida yoshlar bilan yelkama yelka faoliyat olib bormoqda. Mohir  pedagog, mehribon Ustoz, zabardast olim Mels Tursunovich Mo‘minovni Andijon davlat universiteti rus tili va adabiyoti kafedrasining barcha a’zolari nomidan  muborakbod  etamiz.

Поздравляем с юбилеем,
Поздравляем от души,
Пожелать хотим веселья,
Счастья, денег и любви.

Выглядеть всегда отлично,
Чувствовать себя — на пять,
Чтоб казалось неприличным
Вам здоровья пожелать.

Знаем, времени не хватит
Все заслуги перечесть...
С круглой датой поздравляем.
И спасибо, что Вы есть!

С любовью преподаватели кафедры

русского языка и литературы.

Tojiddin Rahmonov
Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.