Andijon Davlat
Universiteti
QADRDON MAKTAB BILAN UCHRASHUV
2019-09-25    3575

Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari umumta’lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan o‘quv-metodik, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy mavzularda turli tadbirlar o‘tkazib keladilar.

Mana shunday tadbirlardan biri 2019-yil 18-sentabrda Baliqchi tumani XTB ga qarashli 36- va 38-umumta’lim maktablarida tashkil etildi. Unda Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Matematika kafedrasidan fizika-matematika fanlari doktori  (DSc) Arziqulov Farhodjon va Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya kafedrasi mudiri, geografiya fanlari nomzodi, dotsent Qodirov Rahimjonlar ishtirok etdilar. Tadbirga Baliqchi tumani XTB metodik ta’minlash kichik guruh rahbari Qambarov Anvarjon, Baliqchi tumani Tabiiy fanlar metodisti Axunova Gulsora va tumanning ko‘plab geograf-o‘qituvchilari tashrif buyurdilar.

Ma’lumki, sentabr oyi umumta’lim maktablarida geografiya oyligi, deb e’lon qilingan. Shuning uchun 36- va 38-umumta’lim maktablari geografiya fani o‘qituvchilari Qodirov Boburjon va Xalilova Lolaxonlar o‘quvchilar bilan birga geografiya faniga oid turli mavzularda “Geografik zakovat”, “Geografik imkon-shou” va sahna chiqishlarini tashkil etdilar. Tadbirda f.-m.f.d. F.Arziqulov so‘zga chiqib o‘quvchilarni yaxshi va  a’lo baholarga o‘qishga, Ona-Vatanga sodiq farzand bo‘lishga, Prezidentimizga fidoyi farzandlar bo‘lib yetishishlariga da’vat etdi. Universitet va umumta’lim maktablari o‘rtasida hamkorlik aloqalari doimiy davom etishiga kelishib oldilar.

Geografiya oyligiga bag‘ishlangan tadbir maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarida katta taassurot qoldirdi. Tadbir nihoyasida Andijon davlat universiteti rektorati nomidan F.Arziqulov va R.Qodirovlar maktab ma’muriyatiga badiiy adabiyotlar sovg‘a qildilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.