Andijon Davlat
Universiteti
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI DEKANI TTJDA TALABALAR BILAN UCHRASHUV O’TKAZDI
2019-09-25    2671

Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti dekani M.Maxkamov 4-sonli talabalar turar joyida talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi. Bu ochiq muloqotni o’tkazishdan asosiy maqsad talaba qizlarga TTJda yaratilgan sharoitlar, mavjud ichki tartib qoidalarni tushuntirish, ozodalikni saqlash, xonalardagi barcha kerakli jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, texnika havfsizligi qoidalari bilan tanishtirish bo’ldi.

Talaba qizlar suhbat davomida o’zini qiynayotgan va qiziqtirayotgan barcha savollarga kerakli javoblarni olishdi. Ochiq osmon ostida bo’lib o’tgan uchrashuv o’z nihoyasiga yetgandan so’ng ochiq muloqot bo’yicha tengdoshlarimiz fikri bilan qiziqdim.

Fizika ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabasi Sattorova Nilufar quyidagi fikrlarni bildirdi: -…universitet  hayoti va talabalar turar joyi o’ylaganimdan ham a'lo darajada ekan.  Har bir darslarimizni malakali ustozlar òtishyapti, ustozlar xar qanday savollarimizga javob berishadi, muhimi bizning ham fikrimizni tinglashadi. Darslar qiziqarli tarzda o’tayotganidan vaqtimiz qanday tez tugab qolganini bilmay qolyapmiz. Ochig'i bugun biz bilan fakultet dekani kelib suhbatlashgani, TTJdagi sharoitlar bilan tanishib muammolarimiz va kamchiliklarimizni so’rab, holimizdan xabar olishi bizni juda ham xursand qildi. Yotoqxonamizda biz uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan. Barcha jihozlar yangi, xonalarimiz ham juda ozoda va shinam. Kitob òqishimiz uchun ham alohida keng va yorug’ xonalar mavjud. Dekanimiz biz bilan òtkazgan suhbatining yakunida  yana boshqa kerakli shart-sharoitlarni yaratamiz, qanday taklif va savollaringiz bo’lsa to’g'ri menga murojaat qilishingiz mumkin degan jumlalaridan ta'sirlanib, quvonib ketdim. Bizga shunday imkoniyatlarni yaratib berayotgani uchun avvalo yurtboshimizga va universitetimiz, fakultetimiz rahbariyatiga barcha talaba qizlar nomidan o’z minnatdorchiligimizni bildiraman. Bularga yarasha yaxshi bilim olib malakali kadr bo’lishga va’da beraman."

TTJda istiqomat qilayotgan barcha talabalar ko’zlarida yuqoridagi fikrlar mujassam. Bu muloqot besamar ketmaganidan xursandman.

Zulunova Mohlaroyim
Fizika-matematika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.