Andijon Davlat
Universiteti
SPORTIMIZ MALIKALARI O‘ZBEKISTON SUPERKUBOGINI QO‘LGA KIRITDI
2019-09-24    3253

Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti qizlaridan tashkil etilgan Andijon viloyati terma jamoasi volleybol sport turi bo‘yicha O‘zbekiston superkubogida g‘alaba qozondi.

Volleybol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lgan Andijon davlat universiteti volleybolchi qizlari 2019 yilning 18-21 sentabr kunlari Marg‘ilon shahrida O‘zbekiston volleybol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston superkubogi uchun O‘zbekiston Oliy ligasi chempioni Nukus davlat pedagogika universiteti talabalaridan tashkil etilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi bilan baxslarga kirishdi.

Tartibga ko‘ra O‘zbekiston superkubogi uchun baxslar ikki o‘yindan iborat bo‘lib, birinchi o‘yinda 3:2 hisobida universitetimiz vakilalari g‘olib bo‘ldilar. Biroq, 20 sentabr kuni o‘tkazilgan baxslarda qoraqalpog‘iistonlik volleybolchi qizlar bor mahoratlarini ko‘rsatib 3:2 hisobida g‘alaba qozondilar. Hisoblar teng kelib qolganligi sababli g‘olibni aniqlash uchinchi o‘yinga qoldirildi. Joriy yilning 21 sentabr kuni o‘tkazilgan hal qiluvchi baxsda vakilalarimiz o‘zlarining bor kuch va mahoratlarini ko‘rsatib, raqibga xech qanday imkoniyat qoldirmadilar va 3:0 hisobida g‘alaba qozondilar.

Ushbu katta yutuq bilan universitetimiz sporti malikalari – Jalolova Muxlisa, Qosimova Saida, Shokirova Gulsanam, G’ulomova Mohinur, G’aniyeva Gulira’nolarni muborakbod etamiz va nafaqat mamlakatimiz miqyosidagi, balki, xalqaro musobaqalarda ham yorqin g’alabalarga erishishlarini tilab qolamiz.

Eslatib o‘tamiz, volleybol bo‘yicha O‘zbekiston superkubogi 2018 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, O‘zbekiston kubogi va O‘zbekiston oliy ligasi g‘oliblarining o‘zaro o‘yinlarida yutgan jamoaga beriladi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.