Andijon Davlat
Universiteti
CHET TILLAR FAKULTETIDA BESHTA MUHIM TASHABBUS DORASIDA TADBIRLAR TASHKIL ETILDI
2019-09-21    2956

Kuni kecha 20-sentabr kuni chet tillari fakulteti talabalari istiqomat qiluvchi 4-talabalar turar joyida Przidentimizning 5 ta muhim tashabbusi doirasida turli tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, 3-tashabbus bo’yicha Fransuz tili ta’lim yo’nalishi 101-guruh talabalari guruh rahbari I.Anorboyeva boshchiligida yoshlar o’rtasida internetdan samarali foydalanishni targ’ib qilish, uning ijobiy va salbiy jihatlarini tushuntirishga bag’ishlangan, ilmiy ma’lumotlarga asoslangan, hayotiy misollar bilan boyitilgan sahna ko’rinishlarini namoyish etdilar. Ushbu sahna ko’rinishlari talabalarni ushbu sohada bilimlarini oshirishga, internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirishi shubhasiz.

Shundan so’ng Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchilari talabalar bilan kitobxonlik va kitob o’qishning foydali tomonlari to’g’risida talabalarga tushunchalar berdilar. Ular buyuk yozuvchilarimizning nodir asarlari bilan tanishtirdi va talabalar tomonidan sevib o’qilgan asarlarni muhokama qildilar. Dekan o’rinbosari Xosilbek Matqulov tashabbusning 2-yo’nalishi bo’yicha TTJ da turuvchi talabalar orasidan iste’dodlilarini aniqlashni va ular orasida sog’lom turmush tarzini tatbiq qilish maqsadida stol tennisi musoboqasiga jalb qildi.

Tashabbusning 1-yo’nalishi bo’yicha iste’dodli talabalarni aniqlash uchun qo’shiqlar tanlovi o’tkazildi. Fakultet talabalari vatanni, muhabbatni, onani tarannum etuvchi qo’shiqlarni jonli ijroda ijro etdilar va bu bilan barchani xushnud etdilar.

Uyushtirilgan tadbirlar yakunida dekan o’rinbosari Xosilbek Matqulov tadbirlarni uyushqoqlik bilan uyushtirgan talabalarga fakutet rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirdi. Tadbir so’nggida 4-TTJ talabalarini yanada marokqli dam olib yaxshi hordiq chiqarishlari uchun diskoteka tashkil qilindi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.