Andijon Davlat
Universiteti
TARIX FAKULTETI TALABALARI BRONZA DAVRIGA OID MANZILGOHDA YAPON OLIMLARI BILAN BIRGALIKDA QAZISHMA ISHLARINI OLIB BORMOQDALAR
2019-09-21    3164

2018-yildan boshlab O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand arxeologik tadqiqotlar instituti hamda Yaponiyaning Tokio san’at unisersiteti bilan hamkorlikda Andijon viloyati Oyim qishlog‘i yaqinida joylashgan miloddan avvalgi XII-VII asrlarga oid Dalvarzin shahar xarobasida tadqiqot ishlari olib bormoqda.

Tadqiqot ishlarida professor Boqijon Matboboev, B.M.Abdullaev, arxeolog olim Hikmatillo Xoshimov, ADU o’qituvchisi Abdumuhtor Xakimovlar Yaponiyaning Tokio san’at instituti arxeologiya departamenti hodimlari Shogo Kume, Yuki Tatsumi, Take Aran Sanji, Xayakava Yueji, Akemi Kanedalar qatnashmoqda.

Bundan tashqari, Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti 2 kurs talabalari faol ishtirok etmoqda. Asosiy maqsad  Farg‘ona vodiysida bronza davri xo‘jalik xususiyatlarini Dalvarzin shahar xorobasi misolida o‘rganish. Buning uchun yodgorlikning  ikki joyida  Dalvarzin I xududida qazishma olib borildi. Unda uy-joy  va oziq-ovqat ombori qoldiqlari (maxsus o‘ralar, tosh yo‘lak)  ko‘plab hayvon suyaklari, sapol parchalari qayd etildi.

Qazishmalarda asosiy e’tibor hayvon suyaklari va o‘simlik urug‘lari va qoldiqlarini aniqlashga qaratilmoqda. Tadqiqotlar davomida  qadimiy ot  suyagini aniqlanishi muhim natija siftida e’tirof etilmoqda. Ular so‘zsiz Dalvarzin misolida  Farg‘ona vodiysi  xo‘jalik xillari  to‘g‘risida yangi ma’lumotlar beradi. Dalvarzin  shahar xorabasida arxeologik qazishma ishlari davom etmoqda.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.