Andijon Davlat
Universiteti
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETIDA FUTBOL BO’YICHA “DEKAN KUBOGI - 2019” MUSOBAQALARI YAKUNLANDI
2019-09-21    2756

Ayni kunlarda universitetimizning barcha fakultetlari qatori Fizika-matematika fakultetida ham 20-avgust – “Butunjahon talabalar sporti kuni” munosabati bilan Prezidentimiz ilgari surgan beshta muhim tashabbusi doirasida futbol sport turi bo’yicha “Dekan kubogi - 2019” musobaqalari o’tkazildi.

Ushbu futbol musobaqalarida dastlab fakultetdagi barcha yo’nalishlari kurslari o’rtasida saralash baxslari o’tkazildi. O’yinlar shiddatli va qizg’in kurashlarga boy o’tdi. Saralash baxslarida barchadan ustun kelgan Fizika yo’nalishi 3-bosqich, IAT yo’nalishi 4-bosqich, Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi yo’nalishi 2-bosqich, Fizika yo’nalishi 1-bosqich talabalaridan tuzilgan jamoalar yarim final o’yinlarida ishtirok etdilar.

Yarim final baxslarida g’olib bo’lgan Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi yo’nalishi 2-bosqich hamda IAT yo’nalishi 4-bosqich talabalari jamoalari o’rtasida final uchrashuvi o’tkazildi. Uchrashuv keskin kurashlar ostida bo’lib o’tdi. Yakunda raqiblariga nisbatan yaxshiroq o’yin ko’rsatgan IAT yo’nalishi 4-bosqich talabalari jamoasi 7-1 hisobida g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Musobaqalar yakuniga yetgach fakultet dekani Madaminjon Mahkamov, dekan o’rinbosarlari, professor-o’qituvchilar, musobaqa qatnashchilari ishtirokida taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Unda fakultet dekan barcha ishtirokchilarni qizg’in o’yinlar uchun rahmat aytib, g’olib jamoani tabrikladi. Taqdirlash marosimi yakunida g’olib jamoalarga faxriy yorliq, badiiy kitoblar va pul mukofotlari taqdim etildi.      

Zulunova Mohlaroy
Fizika-matematika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.