Andijon davlat universiteti 2020 yil uchun tayanch doktorantura va doktorantura uchun quyidagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha
QABUL E’LON QILINADI:
№ |
Ixtisoslik Shifri va nomi |
2020 yil uchun ajratilgan kvotalar soni |
|
PhD |
DSc |
||
1. |
01.01.01 - Matematik analiz |
1 |
|
2. |
01.01.02 - Differensial tenglamalar va matematik fizika |
1 |
|
3. |
01.01.05 - Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika |
1 |
|
4. |
01.04.10 - Yarimo‘tkazgichlar fizikasi |
2 |
|
5. |
01.04.11 - Lazer fizikasi |
2 |
|
6. |
02.00.09 - Tovarlar kimyosi |
1 |
|
7. |
03.00.05 - Botanika |
1 |
1 |
8. |
03.00.06 - Zoologiya |
1 |
|
9. |
03.00.08 - Odam va hayvonlar fiziologiyasi |
1 |
|
10. |
03.00.10 - Ekologiya |
1 |
|
11. |
05.05.06 - Qayta tiklanuvchi energiya turlari asosidagi energetik qurilmalar |
2 |
|
12. |
07.00.01 - O‘zbekiston tarixi |
1 |
|
13. |
08.00.13 - Menejment |
1 |
|
14. |
09.00.04 - Ijtimoiy falsafa |
1 |
|
15. |
10.01.01 - O‘zbek tili. |
1 |
|
16. |
10.00.02 - O‘zbek adabiyoti |
1 |
|
17. |
10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik |
1 |
|
18. |
10.00.08 - Folklorshunoslik |
2 |
|
19. |
10.00.11 - Til nazaryasi. Amaliy va komp’yuter lingvistikasi |
1 |
|
20. |
11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya |
1 |
|
21. |
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) |
1 |
|
22. |
13.00.04 - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi |
2 |
|
23. |
19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi |
1 |
|
Jami: |
28 |
1 |
Hujjatlar 2019 yilning 15 sentyabrdan 15 oktabrgacha qabul qilinadi.
Tayanch doktorantura kirish imtihonlari va doktorantura uchun suhbat 2019 yilning 1-25 noyabr davrida bo‘lib o‘tadi.
Tayanch doktoranturaga kiruvchilar quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:
- chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til);
- mutaxassislik
Tayanch doktorantura (PhD)ga kiruvchi nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nushasi;
- oliy ta’lim muassasasi magistrlik diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yhati va ularning nusxalari;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari uchun tegishli hujjat nusxasi
Doktorantura (DSc)ga kiruvchi nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nushasi;
- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasini rejasining mufassal loyixasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yhati va ularning nusxalari;
Mustaqil tadqiqotchi-izlanuvchilikka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- ariza;
- ish joyidan tavsifnoma;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha to‘g‘risidagi diplom nusxasi);
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
- ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari.
Talabgorlar mustaqil izlanuvchilikka mutaxassislik bo‘yicha suhbat natijalari va tegishli kafedraning xulosasi, universitet rektori buyrug‘i, shuningdek, ta’limning o‘rganilgan oldingi darajasida chet tilidan imtihon natijasi bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
Hujjatlar ADU ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga topshiriladi.
Ma’lumot uchun tel: (0374) 223-83-63
ADU ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI